“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 04:59
ЎЗO‘Z

«Hammasi yolg‘on!» — Vazirlik O‘zbekistonda koronavirusdan ilk o‘lim holati ro‘y bergani haqidagi xabarni rad etdi

17 mar, 14:28 4 710 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Hammasi yolg‘on!» — Vazirlik O‘zbekistonda koronavirusdan ilk o‘lim holati ro‘y bergani haqidagi xabarni rad etdi Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda koronavirusdan ilk o‘lim holati ro‘y bergani haqida tarqalgan xabarga munosabat bildirdi.
Asosan Osiyodangi yangiliklarni yoritishga ixtisoslashgan Asia-times.org saytida «O‘zbekistonda bir keksa erkak koronavirusdan vafot etdi» (V Uzbekistane pervaya smert ot koronavirusa umer mujchina) sarlavhali xabar e’lon qilindi.

Unda 14 mart kuni koronavirus aniqlangan bemorlardan biri, keksa erkak 17 mart kuni vafot etgani haqida aytilgan. Xabarda manba sifatida «Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh sanitar vrachi Bahodir Yusupaliyev» nomi keltirilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi rahbari Furqat Sanayev ushbu xabar bo‘yicha oydinlik kiritdi.

«Bu xabar mutlaqo asossiz, butkul yolg‘ondan iborat. Avvalo Bahodir Qahramonovich Yusupaliyev bosh sanitar vrach emas, vazirning birinchi o‘rinbosaridir. Ikkinchidan, saytimizda bunday xabar umuman e’lon qilinmagan. Eng muhimi, O‘zbekistonda koronavirus tufayli o‘lim holati qayd etilmadi, qayd etilmasin ham.

Yana bir bor eslatib o‘taman, vazirligimiz bu borada barcha rasmiy ma’lumotlarni tezkorlik bilan e’lon qilib bormoqda, hamisha eshiklarimiz ochiq, nafaqat kunlik, balki soatlik axborotni yetkazib turibmiz. Yurtdoshlarimizdan yolg‘on axborot tarqatish uchun javobgarlik mavjudligini, xorijiy OAVda bu masalaga jiddiy yondoshishlarini so‘rab qolardim
», deydi u.

O‘zbekistonda 15 mart kuni koronavirusga chalingan ilk bemor qayd etildi. Ayni vaqtga kelib bunday bemorlar soni 10 nafarni tashkil qilmoqda. O‘zbekistonga koronavirus uchta reys orqali kirib keldi.

Birinchisi, 11 mart kuni Parij-Toshkent reysi. Bu reys orqali uchgan shifokor ayol O‘zbekistonda o‘g‘li, qizi, turmush o‘rtog‘i, nabirasi va qarindoshiga virus yuqtirib ulgurdi (6 bemor).
Ikkinchisi, 15 mart kuni soat 05:15da Istanbul—Toshkent yo‘nalishidagi 274- reys (3 bemor).
Uchinchisi, 14 mart kuni London–Toshkent yo‘nalishidagi 201-reys (1 bemor).

Bundan avvalroq Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov 16 mart holatiga ko‘ra, O‘zbekiston shifoxonalarida 641 kishi karantinda saqlanayotgani, shuningdek, 6 mingga yaqin kishi uy sharoitida karantinga olingani haqida xabar bergandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Samarqandda maktab o‘quvchisi sinfdosh qizning akasi tomonidan “samosud” qilindi 19 мая, 18:11 223
  • Mansab pillapoyalari: unga kimlar munosib? 19 мая, 17:43 106
  • Angrenda yuk vagonlari relsdan chiqib ketdi 19 мая, 17:22 132
  • «Zudlik bilan 10 ming dollar yuboring, yo‘qsa qizingiz qamaladi...» 19 мая, 15:40 394
  • Ovoz holatiga salbiy ta’sir etuvchi mahsulotlar ma’lum qilindi 19 мая, 13:37 106
  • Toshkentda Gentra avtomashinasi ko‘prikdan quladi 19 мая, 12:30 124
  • So'nggi yangiliklar
  • Eron oliy rahnamosi prezident aviahalokatga uchraganiga munosabat bildirdi 20 мая, 01:37 64
  • Vitaliy Levchenko: "Bugun mag‘lubiyatga loyiq emas edik" 20 мая, 01:29 19
  • Samvel Babayan: "Bugungi futbol bayramida biz g‘olib bo‘ldik. Bunday derbilarda katta bo‘lganman" 20 мая, 01:22 18
  • Lavrov: Putin va Si Szinpin Xitoyning global xavfsizlik bo‘yicha tashabbusini muhokama qildi 20 мая, 00:08 20
  • Putin va Si Szinpin uchrashuvidagi "ishora" shtatlarda vahima uyg‘otdi 19 мая, 23:45 119
  • Putin Xitoy talabalariga qanday maslahat berdi? 19 мая, 23:20 77
  • Mirjalol Qosimov: "Bugun ochiq futbol guvohiga aylandik" 19 мая, 23:01 48
  • Ivan Boshkovich: "Jami 8 ta gol urilgan o‘yinda natija biz uchun ko‘ngildagidek bo‘lmadi" 19 мая, 22:45 46
  • Para dzyudochilarimiz Tbilisi Gran-prisini 5 ta medal bilan yakunlashdi 19 мая, 22:40 27
  • Sobiq razvedkachi: F-16 qiruvchilari Ukraina uchun la’natga aylanadi 19 мая, 22:30 350
  • APL. “Manchester Siti” ketma-ket 4 marta Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi 19 мая, 22:08 92
  • Erdo‘g‘on 1997 yilgi to‘ntarishda ayblangan generallarni afv etdi 19 мая, 21:45 112
  • Bo‘limlar