“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 11:59
ЎЗO‘Z

Buxoroda tungi reydlar o‘tkazildi, 100dan ortiq qizlar IIBga olib kelindi (foto)

16 mar, 09:40 6 483 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Buxoroda tungi reydlar o‘tkazildi, 100dan ortiq qizlar IIBga olib kelindi (foto) Foto: Buxoro viloyati IIB axborot xizmati
Buxoro viloyati IIB, Milliy gvardiya, Mahalla vazirligi, Yoshlar ittifoqi va boshqa jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda 9-11 mart kunlari tungi vaqtlarda Buxoro va Kogon shaharlari, shuningdek, viloyatning barcha tumanlari hududida faoliyat ko‘rsatuvchi tungi klub, kafe bar, restoran, chilimxona va boshqa ko‘ngilochar joylarda tungi reydlar o‘tkazildi.

Buxoro viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad tungi vaqtlarda sodir etiladigan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarning oldini olish, ayniqsa tan jarohati yetkazish bilan bog‘liq jinoyatlarga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat.

Xodimlar 2 ta guruhga bo‘lingan holda xizmat olib borishdi. Guruh xodimlari uchun alohida avtobus ajratildi.
Olib borilgan tezkor-profilaktik tadbirlar davomida jami 330 nafar shaxslar ichki ishlar bo‘limlariga olib kelindi. Ularning 100dan ortig‘ini qizlar tashkil qildi.

Foto: Buxoro viloyati IIB axborot xizmati

Foto: Buxoro viloyati IIB axborot xizmati
Tungi ko‘ngilochar joylarda yurgan yosh o‘g‘il-qizlar bilan Yoshlar ittifoqi va psixolog xodimlar tomonidan yakka tartibda profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, oilaviy yashash sharoitlari, nima sababdan bemahalda (tungi soatlarda) bunday joylarda yurganliklari o‘rganildi. Xodimlar tomonidan ularning barmoq izlari olinib, viloyat hududida sodir etilib, ochilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqador yoki yo‘qligi, qidiruvdagi shaxslar ro‘yxatlaridan tekshirildi.

Foto: Buxoro viloyati IIB axborot xizmati
Tungi klub va boshqa ko‘ngilochar joylar egalari hamda mas’ullariga voyaga yetmaganlarni majburiy mehnatga jalb etmaslik, tungi vaqtlarda voyaga yetmaganlarning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarsiz bo‘lishlariga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida tushuntirilib, ogohlantirish ishlari olib borildi.

O‘tkazilgan tadbirlar davomida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 188-2-moddasida ko‘rsatilgan 4ta (voyaga yetmagan shaxsning ko‘ngil ochish (dam olish) joylarida tungi vaqtda bo‘lishiga yo‘l qo‘yish) huquqbuzarlik hamda 5ta fohishalik bilan shug‘ullanish holatlari aniqlandi.
Qayd etilishicha, bu kabi tadbirlar davom ettirilishi rejalashtirilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 4
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 44
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 36
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 74
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 371
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 105
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 4
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 33
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 4
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 75
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 44
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 44
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 159
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 66
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 127
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 74
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 320
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 144
  • Bo‘limlar