“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 17:20
ЎЗO‘Z

Koronavirus: smartfon ham infeksiya tashuvchisi bo‘lishi mumkinmi?

16 mar, 09:01 3 424 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koronavirus: smartfon ham infeksiya tashuvchisi bo‘lishi mumkinmi? Foto: Getty Images
Deyarli hech qayerda qo‘ldan qo‘yilmay foydalaniladigan mobil telefon turli infeksiyalarni qo‘zg‘atuvchi bakteriya va viruslar manbai bo‘lishi mumkin. Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov 15 mart kuni O‘zbekiston 24 telekanalida bergan intervyusida smartfon va televizor pultlarida ko‘plab virusli infeksiyalar qo‘zg‘atuvchilari bo‘lishi mumkinligi va ularni doimiy ravishda tozalash kerakligini aytdi.

Mobil telefon nima uchun infeksiya tashuvchisi bo‘lishi mumkin? Buning bir necha asosiy sabablari bor:
- mobil telefon ko‘pincha qo‘ldan qo‘lga beriladi. Egasi uni har doim ham yuvilgan, toza qo‘llar bilan ushlamaydi;
- suhbat vaqtida mobil telefon yuzga juda yaqin olib kelinadi;
- ko‘pchilik hojatxonaga ham telefon bilan kiradi. Bu joy esa turli qo‘zg‘atuvchilarga juda “boy”.
Mobil telefon gripp, boshqa virusli respirator infeksiyalar, jumladan, COVID-19 koronavirus infeksiyasi qo‘zg‘atuvchilarini o‘tkazuvchi sifatida ayniqsa muhim rol o‘ynashi mumkin.

Infeksiyadan qanday saqlanish mumkin?
Birinchisi: qo‘llar gigiyenasiga qat’iy rioya qilish kerak. Jamoat joylarida bo‘lgach va hojatxonadan chiqqach, qo‘llarni 20 soniya davomida sinchkovlik bilan yuvish, undan keyin esa bir martalik qog‘oz sochiqlar bilan yaxshilab quritish kerak. Yoningizda antiseptik salfetka va suyuq vositalar (gel, sprey va b.)ni olib yurish maqsadga muvofiq. Ana shunda qo‘llarni yuvish ilojsiz bo‘lgan vaziyatlarda ham ularning tozaligini saqlash mumkin.

Ikkinchisi: telefonni antiseptik vositalar bilan muntazam tozalash kerak. Bunda gadjet korpusining yuzga tegadigan joyiga ayniqsa ko‘proq e’tibor berish lozim. Agar smartfonning ustida g‘ilof bo‘lsa, tozalayotgan vaqtda uni yechish va g‘ilofga ham alohida ishlov berish lozim (yaxshisi, g‘ilofdan umuman foydalanmagan ma’qul).

ORVI va gripp viruslariga qarshi kurashish uchun asosida spirt bo‘lgan salfetka va gellardan foydalanish kerak.
Telefonga ommaviy joylarga borgach, jamoat transportidan foydalangandan keyin va kechki payt – ish kuni tugaganidan keyin ham antiseptik vositalar bilan albatta ishlov berish lozim.
koronavirus, smartfon, bakteriya




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi 01 мая, 17:13 0
  • Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi 01 мая, 16:48 0
  • O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi 01 мая, 12:44 44
  • Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi 01 мая, 11:18 66
  • Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi 01 мая, 09:11 44
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 150
  • So'nggi yangiliklar
  • Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi 01 мая, 16:48 0
  • Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi 01 мая, 16:28 0
  • Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas 01 мая, 16:00 0
  • Sharmandaga shahar keng 01 мая, 15:34 9
  • AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi 01 мая, 15:10 0
  • Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin 01 мая, 14:47 61
  • Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi 01 мая, 14:24 15
  • Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi 01 мая, 14:00 36
  • Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y 01 мая, 13:31 65
  • Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi 01 мая, 13:03 203
  • O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi 01 мая, 12:44 44
  • Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi 01 мая, 12:22 290
  • Bo‘limlar