“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 23:33
ЎЗO‘Z

Koronavirus tasdiqlangan ilk o‘zbekistonlik haqida qo‘shimcha ma’lumot berildi

15 mar, 20:55 6 892 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koronavirus tasdiqlangan ilk o‘zbekistonlik haqida qo‘shimcha ma’lumot berildi Bemor istiqomat qiluvchi ko‘p qavatli uy va bemor xonadonida dezinfeksiya tadbirlari o‘tkazildi. Shu bilan birga, mazkur ko‘p qavatli uyda yashovchi 230 nafar fuqaro ro‘yxati shakllantirilib, tibbiy kuzatuvga olindi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi O‘zbekistonda qayd etilgan koronavirus infeksiyasi to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot berdi.
«Joriy yilning 14 mart kuni Respublika Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti klinikasiga COVID-19 koronavirus infeksiyasiga gumon qilinib 1 nafar bemor yotqizilgan.

Bemor 2020 yilning 28 fevralidan 11 mart kuniga qadar Fransiya davlatida sayohatda bo‘lgan. 11 mart kuni soat 6:00da Parij-Toshkent 252-reysi bilan Toshkentga uchib kelgan. Toshkent xalqaro aeroporti sanitariya-karantin punktida termometriya hamda birlamchi tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilgan va tekshiruv davomida kasallik belgilari aniqlanmagan. Asosiy yashash manziliga aniqlik kiritilib, uy sharoitida 14 kunlik tibbiy kuzatuvga olingan.

Joriy yilning 13 mart kuni bemor tomog‘ida qichishish, tana harorati ko‘tarilishi hamda yo‘tal belgilari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Bemordan 14 mart kuni koronavirus infeksiyasiga laboratoriya tahlili uchun Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti klinikasiga namuna olingan va 15 mart kuni soat 06:00da namuna javoblariga ko‘ra koronavirus infeksiyasi borligi tasdiqlangan.

Samolyotda bemor bilan 48 nafar yo‘lovchi kelgan. Ulardan 24 nafari tranzit yo‘lovchilar, 24 nafari O‘zbekistonda qolgan. Ularning 4 nafari Fransiya, 1 nafari Italiya va 1 nafari Braziliya fuqarolaridir.

O‘zbekistonda qolgan 24 nafar kishining asosiy yashash manzili bo‘yicha ro‘yxatlari shakllantirildi. Ularni 14 kunlik karantin o‘tkazishi uchun maxsus tayyorlangan muassasalarga joylashtirildi. Shuningdek, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida 11 mart kuni faoliyat olib borgan 69 nafar chegara qo‘shinlari, bojxona, aeroport xodimlarining ro‘yxati shakllantirildi hamda maxsus muassasalarda 14 kunlik tibbiy kuzatuvga olindi.

Bemorning 10 nafar oila a’zolari to‘liq tekshiruvdan o‘tkazish uchun Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti klinikasiga joylashtirildi.

Bemor istiqomat qiluvchi ko‘p qavatli uy va bemor xonadonida dezinfeksiya tadbirlari o‘tkazildi. Shu bilan birga, mazkur ko‘p qavatli uyda yashovchi 230 nafar fuqaro ro‘yxati shakllantirilib, tibbiy kuzatuvga olindi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining malakali mutaxassislari tomonidan epidemiyaga qarshi profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda. Bu jarayonga barcha kuch va vositalar jalb qilingan, olib borilayotgan chora-tadbirlar to‘liq nazoratga olingan», deyiladi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 0
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 28
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 20
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 33
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 57
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 54
  • So'nggi yangiliklar
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 0
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 0
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 1
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 10
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 8
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 54
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 27
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 13
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 91
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 75
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 125
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 43
  • Bo‘limlar