“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 19:41
ЎЗO‘Z

Bahrom Almatov: Koronavirus aniqlangan fuqaro bilan aloqada bo‘lganlar izolyatsiyaga olinadi (video)

15 mar, 11:42 4 783 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bahrom Almatov: Koronavirus aniqlangan fuqaro bilan aloqada bo‘lganlar izolyatsiyaga olinadi (video) Videodan kadr
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov O‘zbekistonga koronavirus kirib kelishi bo‘yicha videobayonot berdi. U koronavirus aniqlangan fuqaro bilan kontaktda bo‘lganlar izolyatsiyaga olinishini ma’lum qilgan.

«Respublikamizga 14 mart kuni xalqaro aeroportlar orqali 38ta reysda 4800 nafar, temir yo‘l orqali 1860 nafar, qolgan chegara bojxona postlari orqali 38 000 nafar kishi kirib kelgan. Ularning aksar qismi kasallik qayd etilgan Rossiya, Qozog‘iston va Yevropa davlatlaridan kirib kelishgan.

Chegaradan kirib kelish jarayonida ular birlamchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, tana harorati o‘lchangan.

Shu kungacha epidemiologik vaziyat noxush bo‘lgan davlatlardan jami 7700 nafar fuqaro kirib kelgan va ular uy sharoitida karantinga olingan. Bugunga kelib karantin muddati tugagani tufayli 5600 nafari karantindan chiqarilgan, 2100 kishi hamon tibbiy kuzatuv ostida karantinda qolmoqda.

Bugun 15 mart kuni soat 06.00 da Respublika Virusologiya instituti laboratoriyasida Fransiya Respublikasida bo‘lib qaytgan O‘zbekiston fuqarosida COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlandi.

Ushbu holat bo‘yicha epidemiologik tekshirish ishlari o‘tkazilmoqda, kasallik aholi orasida tarqalib ketishining oldini olish bo‘yicha tadbirlar keng ko‘lamda olib borilmoqda.

Mavjud vaziyat bo‘yicha xavotirga o‘rin yo‘q. Ushbu bemor bilan muloqotda bo‘lgan shaxslar, u bilan birga Fransiyadan uchib kelgan yo‘lovchilarning to‘liq ro‘yxati tuzilgan, ularning yashash joylarini aniqlash va ular ustidan tibbiy kuzatuv o‘rnatish ishlari olib borilmoqda, epidemiyaga qarshi barcha tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Bu xabardan keyin aholi o‘rtasida vahima uyg‘onishi kerak emas. 80 foiz holatlarda kasallik yengil o‘tmoqda, 15 foiz holatlarda o‘rta darajada, faqat 5 foiz holatlarda og‘ir holat. Kasallik og‘ir o‘tishi holatlari surunkali kasalligi bor yoshi katta odamlarda kuzatilmoqda.

Ko‘ryapmizki, kasallanganlarning 50 foizdan ortig‘i butunlay sog‘ayib, normal holatga qaytgan. Shuning uchun, xalqimizdan so‘rardikki, vahimaga tushmasdan, shaxsiy gigiyena qoidalariga jiddiy rioya etishlarini, xonadonlarini ozoda saqlash, jamoat transportidan foydalangandan keyin doim qo‘llarni sovunlab yurish, zararsizlantiruvchi vositalarni qo‘llash tavsiya etiladi», degan u.

15 mart holatiga ko‘ra, butun dunyoda jami 156 785 kishida koronavirus aniqlangan, hozirgacha ularning 75 937 nafari sog‘ayib ketgan, 5839 kishi vafot etgan.
Virusdan eng ko‘p jabrlangan davlatlar Xitoy (80844 holat, 3199 o‘lim), Italiya (21157 holat, 1441 o‘lim), Eron (12729 holat, 611 o‘lim), Janubiy Koreya (8162 holat, 75 o‘lim), Ispaniya (6391 holat, 196 o‘lim), Germaniya (4599 holat, 9 o‘lim), Fransiya (4469 holat, 91 o‘lim), AQSH (2982 holat, 60 o‘lim), Shveysariya (1375 holat, 13 o‘lim), Buyuk Britaniya (1140 holat, 21 o‘lim) va Norvegiya (1109 holat, 3 o‘lim) bo‘lib qolmoqda.
izolyatsiya, koronavirus




Mavzuga oid yangiliklar
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 6
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 12
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 44
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 39
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 29
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 121
  • So'nggi yangiliklar
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 0
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 0
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 1
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 1
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 4
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 6
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 12
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 32
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 22
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 43
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 88
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 76
  • Bo‘limlar