“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 03:02
ЎЗO‘Z

Quyi Chirchiqda advokatga pichoq bilan tajovuz qilindi

14 mar, 13:00 2 856 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Quyi Chirchiqda advokatga pichoq bilan tajovuz qilindi Quyi Chirchiq tumanidagi «Haqiqat izlab» advokatlik firmasi advokati Rustam Djumanovga o‘z xizmat vazifasini bajarayotgan paytida pichoq bilan hamla qilinib, tan jarohat yetkazildi.

Bu haqda 12 mart kuni jabrlanuvchining hamkasbi Muhsin Markamalov O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasiga telegramma orqali ma’lum qilib, aybdorlarga nisbatan chora ko‘rilishida va advokatning himoyasi ta’minlanishida yordam so‘ragan.

Aytilishicha, hamla qilgan shaxs advokat muqaddam sudda himoya qilgan fuqaroning «raqibi» bo‘lgan ekan. Ya’nikim, advokat avvalroq katta qiymatli mol-mulk nizosi bilan bog‘liq fuqarolik ishida da’vogar tomonning manfaatini himoya qilib, sudda yutib chiqqan.

«Rustam aka, yoshi anchagina katta bo‘lsa ham, o‘zini qattiq himoya qilib, hayotiy muhim a’zolariga tig‘ tegdirmagan. Hujumni qo‘llari bilan qaytargani uchun qo‘li va bilagida jarohat bor, shuningdek yuzi ham tilingan», — deydi Mirkamalov. Shuningdek, uning aytishicha, advokatning ahvoli hozir yaxshi, ertaga — 10 kunlik muolajadan so‘ng shifoxonadan javob berilishi kutilmoqda.

Advokat Djumanov va uning himoyachisi Mirkamalovlar prokuratura tomonidan bu ish «bosdi-bosdi» qilinishi mumkinligidan xavotirda. Chunki, ularning aytishlaricha, shu paytga qadar zarur protsessual tadbirlar bajarilmagan, jumladan, voqea joyi ko‘zdan kechirilmagan, daliliy ashyo bo‘lgan pichoq olib qo‘yilmagan, undagi qon dog‘lari ekspertiza qilinmagan va hokazo...

Oradan shuncha vaqt o‘tganiga qaramay tergov organlari harakatga tushmagach, advokatlar Palataga murojaat qilishga qaror qilganlar. Ayni paytda Advokatlar palatasi va Palataning Toshkent viloyat boshqarmasi mutaxassislari tomonidan murojaat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 12
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 60
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 18
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 198
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 83
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 39
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 12
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 27
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 9
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 60
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 43
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 33
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 36
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 141
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 70
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 57
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 55
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 140
  • Bo‘limlar