“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 19:09
ЎЗO‘Z

Xususiy bandlik agentligi mansabdorlariga nisbatan olib borilgan tergov harakatlari yakunlandi

14 mar, 11:20 2 684 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xususiy bandlik agentligi mansabdorlariga nisbatan olib borilgan tergov harakatlari yakunlandi “Korean and Migrations xususiy bandlik agentligi” MCHJ ning mansabdor shaxslariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi (juda ko‘p miqdorda sodir etilgan firibgarlik) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan dastlabki tergov harakatlari yakunlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lumki 10.10.2019 yilda jamiyat rahbari va boshqa mansabdor shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan ayblov e’lon qilinib, «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan edi.

Tergov jarayonida 2372 nafar fuqaro jabrlanuvchi va fuqaroviy da’vogar deb e’tirof etilib, jamiyat tomonidan 24,2 mlrd. so‘mdan ziyod moddiy zarar yetkazilganligi aniqlandi.

Dastlabki tergov davomida jami 10 nafar shaxsga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan ayb e’lon qilinib, “qamoqqa olish”, “uy qamog‘i” va “garov” tarzidagi ehtiyot choralari qo‘llanildi.

Shuni ta’kidlash joizki, dastlabki tergovdan yashiringan shaxslarga nisbatan jinoyat ishining bir qismi alohida ish yurituviga ajratilib, ulardan ushbu pul mablag‘larini qaytarishga qaratilgan barcha kuch – vositalar ishga solinadi va fuqarolarimizga yetkazilgan moddiy zararning qolgan qismini qoplash choralari ko‘riladi.

09.03.2020 yilda jamiyatning mansabdor shaxslariga nisbatan e’lon qilingan ayblov Jinoyat kodeksining firibgarlik, hujjatlarni qalbakilashtirish va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyatlari uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalari bilan to‘ldirilgan.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari tamomlanib, ayblov xulosasi tuzilgan va ayblov xulosasini tasdiqlash hamda tegishli sudda ko‘rib chiqish uchun Bosh prokuraturaga yuborildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 6
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 12
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 44
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 38
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 29
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 121
  • So'nggi yangiliklar
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 0
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 0
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 1
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 1
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 4
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 6
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 12
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 32
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 22
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 43
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 88
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 76
  • Bo‘limlar