“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 13:35
ЎЗO‘Z

Sentabrdan boshlab ayrim pedagog xodimlar maoshiga 100 foiz miqdorida oylik ustama to‘lanadi

13 mar, 08:45 4 079 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sentabrdan boshlab ayrim pedagog xodimlar maoshiga 100 foiz miqdorida oylik ustama to‘lanadi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligining ushbu Agentlik tizimidagi ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarning o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini yangidan ishlab chiqish hamda ularda interaktiv tarzda chuqurlashtirib o‘qitish haqidagi taklifiga rozilik berildi.

Quyidagilar:
Prezident, ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimidagi ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarning tayanch o‘quv rejasi;

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimidagi ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarni otaliqqa olish va rivojlantirish uchun biriktiriladigan oliy ta’lim muassasalari, vazirliklar, idoralar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ro‘yxati tasdiqlandi.

Quyidagilarga:
a) ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarni otaliqqa olgan oliy ta’lim muassasalariga:
- ixtisoslik yo‘nalishlaridan kelib chiqib maktablarga oliy ta’lim muassasalarining yuqori malakali professor-o‘qituvchilarini dars mashg‘uloti o‘tishga yo‘naltirish tartibini tegishli kasaba uyushmasi bilan kelishgan holda ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish;
- maktablarda o‘qituvchilarni yuqori malakali mutaxassislardan iborat tarkibda shakllantirishga ko‘maklashish, xususan, ularda magistrlik darajasiga ega bo‘lgan pedagoglar sonini bosqichma-bosqich oshirib borish choralarini ko‘rish;
- ta’lim jarayoniga innovatsion pedagogik usul va texnologiyalarni joriy qilishning ilmiy asoslarini yanada mustahkamlash choralarini ko‘rish;
- yuqori sinf o‘quvchilarini ixtisoslik fani bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarida ta’limni davom ettirishga yo‘naltirish;
- bolalarning ijodiy qobiliyati va iqtidorini rivojlantirish, shuningdek, ularning maktabdan tashqari vaqtlarini samarali tashkil etish maqsadida zamonaviy usul va uslublarini joriy etish;

b) ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarga biriktirilgan vazirliklar, idoralar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga:
- Agentlik bilan birgalikda bir oy muddatda biriktirilgan maktablar faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash va ijrosini ta’minlash;
- Prezidentning 5ta tashabbusi doirasida maktablarda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish;
- o‘quvchilarda vatanparvarlik tuyg‘usini kamol toptirish maqsadida taniqli davlat va jamoat arboblari, sohaning ijodkor va ilg‘or yoshlari bilan uchrashuvlar tashkil qilish;
- o‘quvchilarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishlarini yanada kuchaytirishga qaratilgan, ularning zehnini charxlovchi va ilmiy qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlovchi tadbirlarni tashkil qilish;
- maktablarning kuzatuv kengashlariga ularni otaliqqa olgan tashkilotlarning rahbarlariga raislik qilish vazifalari yuklandi.

Agentlikning ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarda dars va fakultativ mashg‘ulotlarni olib borishda ilg‘or xorijiy mamlakatlarning e’tirof etilgan darsliklaridan foydalanish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.

Agentlik:
a) manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarga tashabbuskor, keng dunyoqarash hamda yuqori ilmiy salohiyatga ega ilg‘or pedagog kadrlarni tanlov asosida ishga jalb qilish tartibini;

ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarning ichki mehnat tartibi qoidalarini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi.

Bunda o‘qituvchining:
- fan yo‘nalishi bo‘yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot va kamida ikkinchi malaka toifasiga ega bo‘lishi;
- o‘quv fanining ilmiy-nazariy asoslari, mazmuni va o‘quv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotda qo‘llay olishi, dars o‘tish metodikasi va uni tashkil etish texnikasini bilishi;
- xorijiy tillardan birini boshlang‘ich darajada o‘zlashtirgan bo‘lishi hamda ilg‘or xalqaro tajribadan xabardorligi;
- yuksak axloqiy fazilatlar hamda ijtimoiy-siyosiy bilimlarga ega bo‘lishi;
- fan olimpiadalari, ko‘rik-tanlovlar va turli musobaqalarda yutuqlarga erishganligi hamda professional tanlovlarda yuqori natijalarni qo‘lga kiritganligi kabi mezonlar nazarda tutiladi.

b) Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi bilan birgalikda 2019/2020 o‘quv yili yakunida ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarda ta’lim sifatini oshirish, jumladan, rahbar va pedagog xodimlar salohiyati bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazadi hamda 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarda ta’lim sifatini oshirish, shuningdek, ularga yuksak malakali rahbar va pedagog xodimlarni jalb etish choralarini ko‘radi;

v) xalqaro rekruting kompaniyalari bilan hamkorlikda maktablarga yuqori malakali xorijiy pedagoglarni ishga yollashni yo‘lga qo‘yadi;

g) ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar o‘qituvchilari, rahbar va pedagog xodimlarining xorijdagi yetakchi ilmiy va ta’lim muassasalarida malaka oshirishlarini tashkil etish yuzasidan har yil yakuniga qadar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi qoshidagi mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi" jamg‘armasiga taklif kiritadi.

Belgilab qo‘yilishicha, 2020 yil sentabr oyidan boshlab:
ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarning ma’muriy-boshqaruv, pedagogik, o‘quv-yordamchi, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari lavozim maoshiga 100 foiz miqdorida oylik ustama haq to‘lanadi, shuningdek, ularni ish haqi fondi hisobiga 50 foizdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda rag‘batlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi;

ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarda dars bergan oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining asosiy ish joyidagi lavozim maoshlariga oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga 30 foiz miqdorida ustama haq to‘lanadi;

kelgusida Agentlik tizimida tashkil etiladigan boshqa ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun ham ushbu mehnatga haq to‘lash tizimi tatbiq etiladi.

Belgilab qo‘yilishicha:
ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini moliyalashtirish davlat budjeti mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi;

ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarda fakultativ mashg‘ulotlarni olib borish bilan bog‘liq xarajatlar davlat budjeti mablag‘lari hisobiga qoplanadi;

Agentlikka ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarning moddiy-texnik bazasi, pedagog kadrlarning salohiyati hamda ehtiyojidan kelib chiqqan holda o‘quvchilarni qabul qilish kvotalarini mustaqil belgilash, mavjud sinflarda o‘quvchilar sonini maqbullashtirish va to‘ldirish, tayanch o‘quv rejasi doirasida o‘zgartirish kiritish huquqi beriladi;

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 martdagi 244-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekistonga xorijdan ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom Agentlik tizimidagi ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarga hamda ushbu maktablarda ishlash uchun jalb etiladigan o‘qituvchilar va mutaxassislarga nisbatan tatbiq etilmaydi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 1
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 6
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 84
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 66
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 65
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 101
  • So'nggi yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 1
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 0
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 1
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 36
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 13
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 6
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 71
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 55
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 84
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 66
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 24
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 129
  • Bo‘limlar