“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 11:56
ЎЗO‘Z

Alimentdan bo‘lgan qarzini to‘lagan ota javobgarlikdan ozod qilindi

12 mar, 20:09 2 744 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Alimentdan bo‘lgan qarzini to‘lagan ota javobgarlikdan ozod qilindi Har bir insonning kelajakdagi orzularidan biri oila qurish va farzandlar kamolini ko‘rishdir. Biroq, jamiyatimizda er-xotinlarning arzimas sabablar bilan janjallashib, nikohlari sud orqali bekor bo‘lib, ajrimlar soni oshib bormoqda desak xato bo‘lmaydi. Nikohning bekor bo‘lishi ortidan, voyaga yetmagan farzand ta’minoti uchun, farzand voyaga yetgunga qadar moddiy ta’minlash ota bo‘ynida ekanligini hamma ham tushunib yetavermaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 122-moddasida, voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlaganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Navbahor tuman sudi raisi A.Ibodovning Zamin.uz saytiga ma’lum qilishicha, Davlatov Samar (ismi-sharifi o‘zgartirilgan) turmush o‘rtog‘i Davlatova Munavvar (ismi-sharifi o‘zgartirilgan) bilan ajrashgach, bir nafar 2005 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan farzandi uchun sudning qarori bilan undirish belgilangan aliment pullarini to‘lamasdan, moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan farzandini moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlab kelgan.

Shu sababli, ma’muriy sudning 2019 yil 15 apreldagi qarori bilan o‘n besh sutka muddatga ma’muriy qamoq jazosiga tortilgan, biroq u bundan o‘ziga tegishli xulosa chiqarmadi, 2019 yil 1 apreldan 2020 yil 1 yanvarga qadar to‘lanishi lozim bo‘lgan 3.719,8 ming so‘m aliment pullarini to‘lamasdan, moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan farzandini moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlab kelgani uchun unga nisbatan Jinoyat kodeksining 122-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

S.Davlatovning jinoyat ishi, 2020 yil 27 fevral kuni ochiq sudda ko‘rib chiqildi. Otalik mas’uliyatini his qila boshlagan S.Davlatov jinoyat ishi doirasida aniqlangan aliment pullarini M.Davlatovaga to‘liq to‘lab berdi, natijada M.Davlatova uni kechirdi va u bilan ixtiyoriy yarashgani, da’vosi yo‘qligini, jinoyat ishini yarashuv asosida tugatishni so‘rab sudga ariza bilan murojaat qilgach, sud S.Davlatovni Jinoyat kodeksining 661-moddasiga (yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish) asosan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish haqida qaror qabul qildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 0
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 31
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 55
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 83
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 131
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 55
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 0
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 0
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 17
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 21
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 24
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 18
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 80
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 199
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 31
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 170
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 66
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 58
  • Bo‘limlar