“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 10:11
ЎЗO‘Z

SSV: Olmaliqda 17 nafar fuqaro koronavirus tufayli vafot etgani haqidagi xabar mutlaqo asossiz

12 mar, 19:11 3 675 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
SSV: Olmaliqda 17 nafar fuqaro koronavirus tufayli vafot etgani haqidagi xabar mutlaqo asossiz Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasining kirib kelganligi, hattoki, Olmaliq shahrida 17 nafar fuqaro ushbu virus tufayli vafot etganligi haqidagi audioxabar mutlaqo asossiz va yolg‘on, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Qayd etilishicha, unda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan yopiq yig‘ilish o‘tkazilganligi haqidagi iddao ham umuman asossiz. Aslida koronavirus infeksiyasi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish borasidagi amalga oshirilayotgan barcha chora-tadbirlar haqida keng jamoatchilik muntazam xabardor qilib borilmoqda.

“Takror bo‘lsa-da, aytib o‘tish lozimki, dunyodagi epidemik vaziyatdan kelib chiqqan holda mamlakatimizda koronavirus infeksiyasining oldini olish borasida barcha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda va bu jarayon qat’iy nazoratga olingan.

Jumladan, davlat chegaralarida mavjud 53 ta sanitariya-karantin punktlariga qo‘shimcha shifokor mutaxassislar, zarur tibbiy jihozlar, jumladan, teplovizor va kontaktsiz termometrlar, shaxsiy himoya vositalari ajratilib, faoliyat samaradorligi kuchaytirildi.

Mazkur punktlardan o‘tayotgan har bir fuqaroning yashash joyi bo‘yicha ma’lumotlar olinib, birlamchi tibbiyot muassasalari tomonidan tibbiy kuzatuv yo‘lga qo‘yilgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 15 yanvaridan ayni paytga qadar mamlakatimiz bo‘yicha 14 kunlik tibbiy kuzatuvga olingan fuqarolardan 5082 nafarida hech qanday infeksiya alomatlari aniqlanmaganligi uchun kuzatuvdan chiqarilgan, 2214 nafar fuqarolarda esa tibbiy kuzatuv davom ettirilmoqda.

Ayni paytga qadar yurtimizda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq biron bir holat aniqlanmagan”, - deyiladi SSV ma’lumotida.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 108
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 111
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 215
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 54
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 68
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 63
  • So'nggi yangiliklar
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 0
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 2
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi 05 мая, 09:51 8
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 83
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 136
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 67
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 42
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 98
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 77
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 42
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 108
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 409
  • Bo‘limlar