“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 13:49
ЎЗO‘Z

“Titanik” halokatida omon qolgan yo‘lovchining maktubi 12 ming dollarga sotildi

24 yanv, 18:17 8 213 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Titanik” halokatida omon qolgan yo‘lovchining maktubi 12 ming dollarga sotildi “Titanik” kemasining halokatida omon qolgan ayol yo‘lovchilardan biri, taniqli britan dizayneri Lyusil Daff-Gordonning maktubi Bostondagi RR Auction kimoshdi savdo uyida 11,9 ming dollarga sotildi. Bu haqda Boston Herald gazetasi xabar berdi.

Daff-Gordon xonim va uning eri o‘z hayotlarini saqlab qolgan qayiq 40 kishiga mo‘ljallangan bo‘lsa-da, unga bor-yo‘g‘i 12 kishi olingan. Keyinchalik er-xotin kema ekipajiga pul berib, qolgan yo‘lovchilarni kutib o‘tirmay, kemani tark etganlikda ayblangan. Biroz o‘tib esa, ulardan bu ayblov olib tashlangan.

Matbuot er-xotin Daff-Gordonlar o‘z jonlarini saqlab qolgan qayiqqa “pul qayig‘i” deb nom berishgan. 1912 yilda Lyusil tomonidan dugonasiga yozilgan maktubda u jurnalistlar ustidan shikoyat qilib quyidagi so‘zlarni yozgan:
“Biz jonimizni saqlab qolayotganimizda xuddi noto‘g‘ri ish qilgandek taassurot paydo bo‘lyapti. Axir bu g‘azabni keltirmaydimi?”.

Maktubni sotib olgan odamning ismi oshkor qilinmadi.

Daff-Gordon 20 asr boshlaridagi eng etakchi britan modelerlaridan biri bo‘lgan. Uning Londondagi nufuzli modalar uyi shoxobchalari Parij, Nyu-York va Chikago shaharlarida faoliyat yuritgan.

Ma’lumot uchun, 1912 yilning 10 aprelida “Titanik” Angliyadagi Sautgempton portidan Nyu-Yorkka yo‘l olgan. To‘rt kun o‘tgandan so‘ng, umuman cho‘kmaydigan deb hisoblangan layner Shimoliy Atlantikada aysberg bilan to‘qnashuvdan keyin cho‘kib ketgan. Kema bortidagi 2224 nafar yo‘lovchidan 1,5 mingdan ziyodrog‘i halok bo‘lgan.

2012 yili “Titanik” kemasi orkestri rahbari, britaniyalik skripkachi Uolles Xartlining kema halokatga uchrashidan 5 kun oldin yozgan maktubi kimoshdi savdosida deyarli 155 ming dollarga sotilgan edi.

Manba: www.kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 16
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 216
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 180
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 241
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 55
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 255
  • So'nggi yangiliklar
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 0
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 0
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 1
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 7
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 13
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 21
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 16
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 29
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 46
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 118
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 170
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 46
  • Bo‘limlar