“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 07:47
ЎЗO‘Z

“O‘zim xon — ko‘lankam maydon” qabilida ish tutgan 19 nafar “Damas" haydovchisi ma’muriy qamoqqa olindi

12 mar, 20:30 3 582 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“O‘zim xon — ko‘lankam maydon” qabilida ish tutgan 19 nafar “Damas" haydovchisi ma’muriy qamoqqa olindi O‘z haqimizni talab qilishdan oldin “O‘zgalar huquqini poymol qilmayapmanmi?”, - degan savol berishimiz kerak. Bizga foyda keltirgan ish boshqalarga ziyon keltirishi mumkinligini unutmasligimiz kerak.

Marg‘ilon shahar markazidagi B.Marg‘iloniy ko‘chasida joylashgan savdo majmuasi ro‘parasida Marg‘ilon — Farg‘ona shaharlari hamda Qirguli mavzesi yo‘nalishlarida kirakashlik bilan shug‘ullanuvchi “Damas” rusumli avtomashina haydovchilari ushbu ko‘chadagi piyodalar o‘tish yo‘lakchasi oldiga hamda yo‘lning qatnov qismiga betartib turib olib, piyodalar va haydovchilarning harakatiga xalaqit berayotganligi sababli viloyat IIB YHXB xodimlari mazkur tartibsizlikni bartaraf qilish maqsadida yetib kelishadi.

Ammo “Damas” haydovchilari YPX xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, fuqarolar osoyishtaligini buzuvchi xatti-harakatlar sodir etishgan.

Shu o‘rinda savol tug‘iladi. Bir guruh haydovchilar o‘zlarining noqonuniy xatti-harakatlari bilan nima qilishmoqchi bo‘ldi?
“O‘zim xon — ko‘lankam maydon” qabilida ish tutgan “Damaschilar”ni qanday tushunish mumkin?

Axir, mana shunday tartibsiz harakatlar oqibatida piyoda yoki haydovchilar ishtirokida yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lyapti-ku.
Aytish joizki “tirikchilik” yoxud boshqa omillarni vaj qilib, qoidabuzarlik qilishga hech kimning haqqi yo‘q.

Ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmagan jami 19 nafar huquqbuzar “Damas” haydovchisiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183, 194 va 195-moddalari bilan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, Marg‘ilon shahar Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudining qarori bilan 6 nafariga 15 sutka, 8 nafariga 10 sutka, 5 nafariga 5 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanildi. Huquqbuzarlar qilmishiga yarasha jazo oldi.

"Hurmatli fuqarolar!
Agarda siz ham yuqoridagi kabi tartibsiz “Damas” haydovchilaridan jabrlangan bo‘lsangiz yoki mana shunday holatlar kuzatilayotganligiga guvoh bo‘lsangiz hududiy IIBlarga habar berishingizni so‘rab qolamiz.

Barchamiz mana shu osoyishta jamiyatda yashar ekanmiz, uning tinchligi, farovonligi uchun mas’ulligimizni unutmaylik!
Qolaversa, o‘rnatilgan tartib-qoidalar faqatgina inson manfaati uchun yaratilganligi ham bejiz emas.

Bo‘ysunishni istamaslikning oqibati mana shunday yakun topadi...
Ogoh bo‘ling!
" deyiladi IIV YHXBB Axborot xizmati xabarida.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 64
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 67
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 178
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 51
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 64
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 62
  • So'nggi yangiliklar
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 1
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 0
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 0
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 7
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 12
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 10
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 63
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 215
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 64
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 66
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 119
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 46
  • Bo‘limlar