“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 05:06
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston «Qonun ustuvorligi» indeksida 92-o‘rinni egalladi

12 mar, 10:52 3 553 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston «Qonun ustuvorligi» indeksida 92-o‘rinni egalladi World Justice Project xalqaro fuqarolik jamiyati tashkiloti tomonidan yuritiladigan «Qonun ustuvorligi» indeksi bo‘yicha 2020 yil uchun hisobot e’lon qilindi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston umumiy reytingda 0.47 ball bilan 92-o‘rinni egalladi.

Moliya vazirligi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston «Qonun ustuvorligi» indeksining Tartib va xavfsizlik ko‘rsatkichida yillar davomida ijobiy natija ko‘rsatib kelmoqda (0,9 ball bilan dunyo mamlakatlari orasida 11-o‘rin). 2020 yilda mamlakatning eng katta o‘zgarishi Korrupsiyaning mavjud emasligi ko‘rsatkichida kuzatildi: 0.40 ball bilan 89-o‘rin (2019 yilda 0.38 ball bilan 95-o‘rin).

“Qonun ustuvorligi” indeksining tarkibiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha respublikamizning natijalari quyidagi jadvalda keltirilgan:

O‘zbekiston MDH mamlakatlari orasida eng yuqori ijobiy o‘zgarish qayd etdi.

«Qonun ustuvorligi» indeksi 0 (eng past)dan 1 (eng baland) ballgacha bo‘lgan shkalada baholanib, ularga tegishli reyting beradi. Indeksda davlatlar asosiy 8 omil bo‘yicha tahlil qilinib hamda 44 ta subko‘rsatkichga bo‘lingan: hukumat vakolatlarining cheklanishi, korrupsiyaning yo‘qligi, ochiq hukumat, asosiy huquqlar, buyruq va xavfsizlik, normativ qoida, fuqarolik odil sudlovi hamda jinoiy odil sudlov.

Indeks World Justice Project tashkiloti tomonidan umumlashtirilgan General Population Poll” (GPP) va “Qualified Respondents’ Questionnaires” (QRQs) katta hajmli savollardan iborat so‘rovnomalariga asoslangan holda baholanadi. O‘zbekistonda so‘rovnoma Toshkent, Namangan va Samarqand viloyatlarida o‘tkaziladi.

Vazirlik izohida aytilishicha, Kosovo va Gambiya 2020 yilgi hisobotiga kiritilganligi sababli umumiy mamlakatlar soni 128 taga yetdi. Natijada, O‘zbekiston umumiy reytingda 4 pog‘onaga yuqorilagan.
Qonun ustuvorligi, indeks, O‘zbekiston




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 36
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 216
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 70
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 107
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 147
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 46
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 36
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 94
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 33
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 31
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 52
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 76
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 73
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 123
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 123
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 120
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 432
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 145
  • Bo‘limlar