“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 06:58
ЎЗO‘Z

DXX katta miqdordagi xorijiy valyutaning noqonuniy olib chiqib ketilishiga chek qo‘ydi

12 mar, 11:50 2 692 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
DXX katta miqdordagi xorijiy valyutaning noqonuniy olib chiqib ketilishiga chek qo‘ydi Foto: DXX matbuot xizmati
DXX Sirdaryo viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Sirdaryo tumanidagi «Sirdaryo» chegara bojxona postining «Malik-avto» chegara nazorat o‘tish punkti orqali O‘zbekiston Respublikasidan Qozog‘iston Respublikasi tomon harakatlanayotgan muqaddam sudlangan Q.Abdurasulov boshqaruvidagi «Mercedes benz» rusumli avtomashina bojxona xodimlari ko‘rigidan o‘tib, chegaraning neytral hududiga yetgan vaqtida, to‘xtatib tekshirildi.

Avtomobil xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uning yukxonasida xufyona usulda yashirilgan 1.136.000 AQSH dollari, 77.830 yevro va 21.018.670 rossiya rubli borligi aniqlanib, protsessual tarzda rasmiylashtirilib olindi. Bu haqda «Xabar.uz»ga DXX matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur xorijiy valyutalarning milliy valyutadagi ekvivalenti 14 mlrd. 753 mln. so‘mdan ziyodni tashkil etadi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan DXX Sirdaryo viloyati tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 182-moddasi 2-qismi «a» bandiga muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari doirasida mazkur ishga aloqador bo‘lgan boshqa shaxslarni aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 63
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 66
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 178
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 51
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 64
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 62
  • So'nggi yangiliklar
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 6
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 11
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 10
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 63
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 214
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 64
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 65
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 118
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 46
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 106
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 97
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 136
  • Bo‘limlar