“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 09 2024, 01:35
ЎЗO‘Z

Jizzaxda YPX xodimini mashinasi kapotida «sayr qildirgan» haydovchiga hukm o‘qildi

12 mar, 08:13 2 915 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jizzaxda YPX xodimini mashinasi kapotida «sayr qildirgan» haydovchiga hukm o‘qildi Shu yilning 23 yanvar kuni Jizzax shahrida kuzatilgan g‘ayritabiiy holat — mashinasi kapotida yo‘l patrul xizmati xodimini «sayr qildirgan» yigit ishi sudda ko‘rildi.

Jizzax viloyati IIB axborot xizmatidan Kun.uz`ga ma’lum qilishlaricha, o‘sha kuni «Neksiya» rusumli avtoulov piyodalar o‘tish chizig‘ida to‘xtaydi. Bu holatni ko‘rib turgan YPX xodimi I.Normatov haydovchiga to‘xtash ishorasini beradi.

Ammo haydovchi juftakni rostlash harakatiga tushadi. Natijada u avtomashinani YPX xodimining ustiga haydab, qonun posbonini kapot ustida «sayr qildiradi». Shu holatda chamasi 200 metrlar yurgach, IIB xodimini yumshoqroq qilib aytganda, «tushurib qoldiradi».

Yiqilish oqibatida qonun posboni o‘ng oyoq boldir panja bo‘g‘imining lat yeyishi, boldir suyaklararo sindesmozi yirtilishi ko‘rinishida o‘rtacha og‘irlikdagi tan jarohati olgan. Haydovchi esa voqea joyidan qochib qoladi.

Tabiiyki, qonunbuzar tezda topildi va hibsga olindi. U 1997 yilda Sharof Rashidov tumanida tug‘ilgan, Jizzax shahri «Ittifoq» mahallasida yashovchi B.Mamatqulov bo‘lib chiqdi. Yigitcha avtoulovni ijara shartnomasi asosida boshqarib kelgan.

Olgan jarohati sababli YPX xodimi 1 oydan oshiq vaqt davomida sog‘lig‘ini tikladi.
Hodisa jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudida ko‘rib chiqildi. Unda Yoshlar ittifoqi va xalq deputatlari mahalliy kengashi vakillari ayblanuvchiga yengil jazo berishni so‘radi. O‘z navbatida, B.Mamatqulov ham qilmishidan pushaymonligini bildirdi.

Sud yuz bergan hodisani hamda jarayon ishtirokchilarining ko‘rsatma va iltimosnomalarini o‘rganib, B.Mamatqulovga bir yarim yillik ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezident Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi organlari bilan qator yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish zarurligini aytdi 09 мая, 00:52 0
  • Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi majlisida nutq so‘zladi 09 мая, 00:09 0
  • O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 08 мая, 23:20 42
  • Buxoroda bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi 08 мая, 22:09 99
  • AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi” 08 мая, 21:21 139
  • Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi 08 мая, 17:30 69
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezident Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi organlari bilan qator yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish zarurligini aytdi 09 мая, 00:52 0
  • Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi majlisida nutq so‘zladi 09 мая, 00:09 0
  • Elektr energiyasini eng ko‘p sarflaydigan maishiy texnikalar 08 мая, 23:43 1
  • Superligada aprel oyining eng yaxshisi bo‘lishga nomzodlar 08 мая, 23:22 25
  • O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 08 мая, 23:20 42
  • Superliga. 7-tur o‘yinlarining boshlanish vaqtlari e’lon qilindi 08 мая, 23:07 59
  • Hindistonda fuqarolarni Ukrainadagi urushga jalb qilishga uringan to‘rt kishi hibsga olindi 08 мая, 22:57 24
  • O‘FA rahbariyati Germaniya yoshlar futboli murabbiyi bilan uchrashdi 08 мая, 22:53 21
  • Bogdan Guskov: "Birinchi sparringdayoq Striklendning jigariga zarba berdim" 08 мая, 22:35 51
  • Buxoroda bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi 08 мая, 22:09 99
  • Anchelotti "Bavariya"ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi 08 мая, 21:52 45
  • Tuxel "Real"ga qarshi o‘yin haqida: "Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bu "Bavariya" uchun oxirgi imkoniyat" 08 мая, 21:37 58
  • Bo‘limlar