“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 06:21
ЎЗO‘Z

Samarqandda MDH Chegara qo‘shinlari rahbarlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

11 mar, 22:20 4 073 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Samarqandda MDH Chegara qo‘shinlari rahbarlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi Samarqand shahrida MDH tashkilotiga a’zo davlatlar chegara qo‘shinlari rahbarlarining 5-mintaqaviy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston respublikalari delegatsiyalari, shuningdek, MDH Chegara qo‘shinlari qo‘mondonlari kengashining Muvofiqlashtiruvchi xizmati vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida MDHga a’zo davlatlarning Afg‘oniston bilan tashqi chegaralaridagi vaziyat va uning yaqin kelajakdagi rivojlanish tendensiyalari tahlil qilindi. Xususan, Afg‘onistonning shimoliy chegara hududlaridagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi.

Shu bilan birga, yig‘ilish ishtirokchilarning e’tibori jangarilar nazorati ostidagi hududlarda giyohvand moddalar ishlab chiqarish ko‘lami oshib borayotgani va giyohvandlik vositalarini "shimoliy yo‘nalish" bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqasidagi MDHga a’zo davlatlarning tashqi chegaralari orqali olib o‘tishga urinishlar bo‘layotganiga qaratildi.

Yig‘ilishda Hamdo‘stlik davlatlari hududiga xalqaro terroristik va ekstremistik tashkilotlarga aloqador shaxslarning kirib kelishiga qarshi kurash choralari ishlab chiqildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Protokol imzolandi. Uning tavsiyalari 16 aprel kuni Yerevan shahrida bo‘lib o‘tadigan Chegara qo‘shinlari qo‘mondonlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 35
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 71
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 24
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 208
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 85
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 40
  • So'nggi yangiliklar
  • Gvardiola: Sizlar xomsemiz o‘yinchilar jamoasisiz! 07 мая, 06:00 0
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 35
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 57
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 20
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 169
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 78
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 52
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 72
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 196
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 82
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 65
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 64
  • Bo‘limlar