“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 06:00
ЎЗO‘Z

Andijonda shifokorga pichoq bilan tajovuz qilgan shaxsga jinoiy ish ochildi (video)

11 mar, 18:06 3 526 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Andijonda shifokorga pichoq bilan tajovuz qilgan shaxsga jinoiy ish ochildi (video) Fevral oyida Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Andijon filialida fuqaro shifokorlarga pichoq bilan tajovuz qilgan. U tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib kelingan singlisi bilan bo‘lgan voqea haqida ichki ishlar bo‘limiga xabar yetkazilishiga qarshilik qilgan.

Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Andijon filialida shifokorlarga pichoq bilan tajovuz qilgan fuqaroga jinoiy ish ochildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

«Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda shifokorlarga pichoq bilan tajovuz qilingani aks ettgan videolavha tarqalgan edi. Ushbu holat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan o‘rganilib, quyidagilarni ma’lum qiladi.

Joriy yil 29 fevral kuni soat 22:31da Andijon shahridagi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialining Travmatologiya bo‘limi qabulxonasiga 2001 yilda tug‘ilgan M.F. ismli ayol bemor yuz-ko‘zidan jarohat olib murojaat qilgan. Bemor shifokorlar ko‘rigidan o‘tayotganda turmush o‘rtog‘i tomonidan kaltaklanganini aytgan.

O‘rnatilgan tartibga ko‘ra, o‘zgalar tomonidan jarohat olgan holat mavjud bo‘lsa, tibbiyot xodimi huquqni muhofaza qilish organlariga tezkor xabar berishi shart. Aks holda jinoyat yashirganlik holati bilan javobgarlikka tortilishi mumkin. Shunga muvofiq, shifokor T. U. zudlik bilan mazkur holat yuzasidan Ichki ishlar bo‘limiga xabar beradi.

Xabar berilganidan norozi bo‘lgan bemor ayolning egizak ukasi M.X. e’tiroz bildiradi. Shifokor unga o‘rnatilgan tartibni tushuntirgandan so‘ng, bemorning ukasi shifokorni uyatli so‘zlar bilan haqorat qila boshlaydi. Shifokor unga so‘kinmasligini aytadi. Ular orasida tortishuv M.X.ning pichoq orqali shifokorga tajovuz tahdidi bilan davom etadi. Atrofdagi odamlar X.ni agressiv holatdan qaytarishga urinishadi. Ammo u harakatlarini davom ettirib, pichoqni shifokor tomonga otib yuboradi. Biroq ushbu pichoq atrofdagi boshqa shaxsga tegadi. Bemor yaqinlari va atrofdagi boshqa shaxslar tomonidan M.X. majburan tinchlantirilib, qabulxonadan olib chiqib ketiladi.

Eri tomonidan kaltaklangan ayol M.F. esa «Bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, Jag‘ suyaklari sinishi, yonoq, bosh, yuz, qorin, oyoq va qo‘llar yumshoq to‘qimalari jarohati» tashxisi bilan mazkur filialning Neyroxirurgiya bo‘limida joriy yil 4 mart kuniga qadar davo muolajalarini oladi.
"Андижонда шифокорларга пичоқ билан тажовуз қилинди" номи остида тарқалган видео юзасидан суриштирув ишлари олиб борилди (видео)

"Андижонда шифокорларга пичоқ билан тажовуз қилинди" номи остида тарқалган видео юзасидан суриштирув ишлари олиб борилди (видео)

Опубликовано «Xabar.uz» Среда, 11 марта 2020 г.

Yuqoridagi videoxabarda, guvohi bo‘lganingizdek, yosh yigit agressiv harakatlar qilib, shifokorga pichoq o‘qtalgan, jarohat yetkazishga uringan, hattoki, pichoqni otib yuborgan. Ushbu holatda fuqaro nafaqat tibbiyot xodimlari, balki atrofdagi insonlarga ham zarar yetkazishi mumkinligini o‘ylamagani achinarli. Nima bo‘lganda ham, shifokorlarga tajovuz qilishga uringan fuqaro xatti-harakatlariga nisbatan huquqiy baho berilib, qonuniy choralar ko‘rilishi lozim.

Ushbu vaziyat yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan jinoyat ishi ochilib, o‘rnatilgan tartibdi surishtiruv ishlari olib borilmoqda», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.

Bosh prokuratura matbuot xizmati ham ushbu fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilayotganini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan 10 mart kuni Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va fuqaro M.X. protsessual tartibida ushlangan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkent viloyatida 5 yoshli bola suv krani uchun o‘rnatilgan kichik o‘raga tushib ketdi 18 мая, 22:30 40
  • Rossiya bilan yana bir yo‘nalishda strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi 18 мая, 20:10 73
  • Toshkentda shamol sabab daraxt Tracker ustiga quladi 18 мая, 18:53 98
  • Mahkumlar huquqlarini ta’minlash yanada mustahkamlanadi 18 мая, 17:56 54
  • “Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi 18 мая, 15:36 144
  • Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi 18 мая, 14:19 97
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukrainaning Xarkov viloyatidan 10 ming nafarga yaqin fuqaro evakuatsiya qilindi 19 мая, 00:50 48
  • Guterrish: Yaqin Sharq faqat Falastin davlati tuzilgandan keyin tinchlanadi 19 мая, 00:32 50
  • Bishkekda yuz bergan tartibsizliklarda 29 kishi yaralandi, 10 kishi hibsga olindi 19 мая, 00:26 146
  • Xitoyda bolalarning ekranga qarash vaqti cheklangani ularning harakatsizligini kamaytirgani aniqlandi 18 мая, 23:23 20
  • Vladimir Putin harbiy rahbariyatni nega almashtirdi? 18 мая, 22:56 167
  • Toshkent viloyatida 5 yoshli bola suv krani uchun o‘rnatilgan kichik o‘raga tushib ketdi 18 мая, 22:30 40
  • Afg‘onistonning G‘or viloyatida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi 18 мая, 22:05 51
  • Superliga. “Olimpik” safarda g‘alaba qozondi, "Andijon" esa durangga imzo chekdi 18 мая, 21:54 83
  • Ukraina AQSHdan Rossiya hududiga zarba berishda yordam so‘radi 18 мая, 21:00 156
  • Rossiya kuchlari Xarkov viloyatining Staritsa hududini egalladi 18 мая, 20:33 196
  • Rossiya bilan yana bir yo‘nalishda strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi 18 мая, 20:10 73
  • Robert De Niro bir yoshli qizi haqida: “Meni shartsiz yaxshi ko‘radigan yagona inson” 18 мая, 19:43 100
  • Bo‘limlar