“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 01:22
ЎЗO‘Z

Samarqandda striptiz o‘ynamoqchi bo‘lgani aytilgan qizlar jazoga tortildi (video)

10 mar, 14:23 6 293 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Samarqandda striptiz o‘ynamoqchi bo‘lgani aytilgan qizlar jazoga tortildi (video) Foto: «Daryo»
Samarqanddagi restoranda kiyimlarini yechib, striptiz o‘ynamoqchi bo‘lgan qizlarning ikki nafari jarimaga tortildi. Bir nafari jarima to‘lash barobarida besh sutkaga qamaladigan bo‘ldi, deb xabar berdi «Daryo» nashri.

Joriy yil 9 mart kuni Samarqand shahar Ma’muriy sudida 8 mart kuni soat taxminan 23:00 da «Ikrom» choyxonasi oldida janjal ko‘targan yosh qizlar ishi ko‘rib chiqilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 1992 yil Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida tug‘ilgan S.X., 1996 yil Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida tug‘ilgan F.J. va 1991 yil Qo‘shrabod tumanida tug‘ilgan I.M. 8 mart kuni jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, jamoat joyi bo‘lgan «Ikrom» choyxonasi oldida mast holda baqir-chaqir qilgan. Janjal davomida qizlar har xil haqoratli so‘zlar aytib, fuqarolar tinchligini buzgan. IIB xodimlarining o‘z vazifalarini bajarishga taalluqli qonuniy talablarini bajarmaslikka omma oldida da’vat qilib, huquqbuzarlik sodir qilgan.

Qizlarning ta’kidlashicha, ular hech qanday striptiz uyushtirish niyatida bo‘lmagan. Raqsga tushish mobaynida bir yigit o‘sha qizlardan birini ko‘tarib olgan. Bu holat oilasi bilan dam olayotgan boshqa xo‘randalarga yoqmagach, ulardan bu joyni tark etish talab qilingan. Ular bazm uchun avvaldan kelishilgan pulning yarimini to‘lashganini, barcha taomlar keltirilmasdan chiqib ketmasligini aytgach, janjal chiqqan.

pic.twitter.com/vd7VAufe37

— Shukhrat (@bankir2102) March 10, 2020

Sud majlisida so‘roq qilingan huquqbuzarlar S.X., F.J. va I.M o‘z ko‘rsatmalarida 8 mart kuni spirtli ichimlik ichib, baqir-chaqir qilganligini, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini bildirgan.

Samarqand shahar Ma’muriy sudi raisi Orif Pardayevning ma’lum qilishicha, huquqbuzarlar S.X. va F.J. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) va 195-moddasida (Ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish) ko‘rsatilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari, ya’ni 669.000 so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

Huquqbuzar I.M. ham Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning yuqorida ko‘rsatilgan moddalari bilan aybli deb topilib, bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari, ya’ni 669.000 so‘m miqdoridagi jarima hamda 5 sutka ma’muriy qamoq bilan jazolandi.
Samarqand, striptiz, qizlar




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 0
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 16
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 130
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 36
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 47
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 61
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 0
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 0
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 0
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 16
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 46
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 20
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 63
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 54
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 90
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 266
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 130
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 21
  • Bo‘limlar