“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 11:17
ЎЗO‘Z

Ortiqova hammani kuldirdi. Hatto Bosh prokurorni ham...

07 mar, 14:30 5 770 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ortiqova hammani kuldirdi. Hatto Bosh prokurorni ham... Foto:«Xabar.uz»
Bu yil 8 mart sanasi dam kuniga to‘g‘ri keldi. Shu bois xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlar kechadanoq boshlanib ketdi. Bayramni boshqa kunlarda nishonlashda ko‘pam g‘ayritabiiylik yo‘q. Ayniqsa, ish soati unchayam chegaralanmagan, boz ustiga dam olish kunlariyam ishxonaga kelish odatga aylangan tashkilotlarda! Zero, bunday dargohlarda mehnat qilayotgan ayollar kam emas. Hatto rahbarlik lavozimiga loyiq ko‘rilgan nozik jins vakilalari bor. Bu yilgi ayyom dam olish kuniga to‘g‘ri kelgani og‘ir ish kuni jarayonida «yayrab olish»ga yaxshigina sabab bo‘ldi-da.

Ish kuni va ish soatiga unchayam «amal qilinmaydigan» organlardan biri - prokuratura! Kechga borib, aksariyat xodimlarning «surobi tortilib» qoladigan bu dargohda ham kecha xotin-qizlar kuni munosabati bilan ixcham tadbir o‘tkazildi. Unda tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan xotin-qizlar sha’niga shirin lutf, samimiy tilak aytilib, sovg‘a-salomlar bilan siylanishi tabiiy. Shunday bo‘ldi ham. Biroq hozir gap bundagina emas.

Foto:«Xabar.uz»
Soha xodimlari, ayniqsa, rahbarlari - kasb taqazosimi yoki «yo‘rgakda tekkanmi» - mudom jiddiy, ayni holat yuziga bamisoli naqsh etilganday. Mahkamaning ichki majlislaridagi «protokolniy muhit» o‘z yo‘ligaku-ya, hatto biror bayram munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlarni ham jiddiyat yuki bosib ketardi-da.

Kechagi tadbirda ham shu ahvol kutilayotgandi. So‘z Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Ortiqovaga berilgach, vaziyat birdan o‘zgardi. Shu tizimida suyagi qotganiga qaramay aksariyat hamkasblaridan farqli ravishda ancha-muncha «qolip»ga ko‘pam sig‘avermaydigan Svetlana Boymirzayevna ancha jo‘shqin va quvnoq ohangda so‘zlab, gap orasida qochirimlar qilishni unutmadiki, bundan ko‘plarning yuzidagi yasama tabassum o‘rnini rostmana kulgu egalladi. Hatto Bosh prokuror ham yengil silkinib kulvorsami?! Ayni holat suratkash e’tiboridan qochmaganini ayting.

Katta amaldorlarning jilmayishi favqulodda yoki noyob holat emas, albatta. Biroq mudom jiddiy ko‘ringan ayrim mutasaddilarning kichik jilmayishi ham e’tibor tortar ekan-da. Tadbirda ishtirok etgan manbamizga ko‘ra, kechagi tadbir sabab mahkamaning aksariyat xodimalari rahbarini ilk bor yaqindan ko‘rgan bo‘lsa, ish yuzasidan kun-kunora qabuliga kirib chiqadiganlarning ko‘pi jilmayishiga e-endi guvohi bo‘lishibdi... Xullas, har idoraning o‘z Ortiqovasi bo‘lsin ekan.

Manba: Xabar.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Namanganda 63-xalqaro gullar festivali an’anaviy avtomobillar paradi bilan boshlandi 20 мая, 10:19 0
  • Samarqandda maktab o‘quvchisi sinfdosh qizning akasi tomonidan “samosud” qilindi 19 мая, 18:11 265
  • Mansab pillapoyalari: unga kimlar munosib? 19 мая, 17:43 120
  • Angrenda yuk vagonlari relsdan chiqib ketdi 19 мая, 17:22 149
  • «Zudlik bilan 10 ming dollar yuboring, yo‘qsa qizingiz qamaladi...» 19 мая, 15:40 472
  • Ovoz holatiga salbiy ta’sir etuvchi mahsulotlar ma’lum qilindi 19 мая, 13:37 113
  • So'nggi yangiliklar
  • Zelenskiy: Rossiya front chizig‘ida qo‘shinlarimizni zaiflashtira olmaydi 20 мая, 10:44 0
  • Namanganda 63-xalqaro gullar festivali an’anaviy avtomobillar paradi bilan boshlandi 20 мая, 10:19 0
  • Blue Origin koinotga sayyohlarni jo‘natishni qayta boshladi 20 мая, 09:55 1
  • Eron prezidenti Ibrohim Raisiy vertolyot qulashi oqibatida halok bo‘lgan 20 мая, 09:32 62
  • AQSH Xitoyni suvosti kabellari orqali josuslikda gumon qilmoqda 20 мая, 09:27 13
  • Eron prezidenti vertolyoti halokatga uchragan joy aniqlandi (video) 20 мая, 09:20 86
  • Eron prezidentining vertolyoti qulaganidan keyin butunlay yonib ketgan 20 мая, 09:10 76
  • Suiqasdga uchragan Slovakiya bosh vazirining ahvoli haqida ma’lumot berildi 20 мая, 06:00 213
  • Eron oliy rahnamosi prezident aviahalokatga uchraganiga munosabat bildirdi 20 мая, 01:37 480
  • Vitaliy Levchenko: "Bugun mag‘lubiyatga loyiq emas edik" 20 мая, 01:29 101
  • Samvel Babayan: "Bugungi futbol bayramida biz g‘olib bo‘ldik. Bunday derbilarda katta bo‘lganman" 20 мая, 01:22 75
  • Lavrov: Putin va Si Szinpin Xitoyning global xavfsizlik bo‘yicha tashabbusini muhokama qildi 20 мая, 00:08 60
  • Bo‘limlar