“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 18:28
ЎЗO‘Z

Maqsad shu: hamma «zako‘nchi» bo‘lishi shart!

07 mar, 13:52 2 926 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Maqsad shu: hamma «zako‘nchi» bo‘lishi shart! Hamma zamondayam «zako‘nchi»dan hayiqilgan. Ayniqsa, mansabdorlar! Chunki, «zako‘n»chi shunchaki odam emas: qonunni, demakki, huquqini biladi. Talabiyam shunga yarasha. Bunday toifadagi odamlar huquqi ko‘ndalang bo‘lgan paytda andishaning yuziga qaramaydi. Shundanmi «zako‘nchi»larga nisbatan o‘zgacharoq qarashlar shakllanib qolgan bizda...

Bugungi davr hammadan «zako‘nchi» bo‘lishni taqazo etmoqda. Busiz iloj yo‘q, aks holda, nomingga ham, noningga ham o‘zgalar ega chiqishi mumkin. Qolaversa, fuqarolik jamiyatining talabi ham shu: huquqingni bil, majburiyatingni unutma!

Fuqaroviy-huquqiy yoki iqtisodiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar hal etiladigan manzil bitta - sud! Sudga murojaat etishning o‘ziga xos tartib-qoidalari bor. Taassufki, buni hammayam bilavermaydi. Bu esa fuqarolarga ayni shu masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirish berish ehtiyoji katta ekanini ko‘rsatadi.

Ayni shu ehtiyojdan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi «Sudga murojaat qilish va sud hujjatlari ustidan shikoyat berish tartibi» nomli qo‘llanma tayyorladi. AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) va BMT Taraqqiyot dasturining «O‘zbekistonda qonun ustuvorligi yo‘lida hamkorlik» qo‘shma loyihasi doirasida tayyorlangan mazkur qo‘llanmada fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha, iqtisodiy hamda ma’muriy sudlarga ariza yoki da’vo arizasi bilan murojaat qilish hamda sud hujjatlari (qaror, hukm, ajrim va. h. k) ustidan shikoyat qilish tartibi yuzasidan batafsil tushuntirish berilgan.

Shuningdek, sudlarga murojaat qilishda muhim bo‘lgan jihatlar, ya’ni - davlat boji to‘lash tartibi va miqdori, taqdim etilishi lozim xujjatlar hamda boshqa shu kabi boshqa zarur ma’lumotlar tushunarli uslubda bayon qilingan. Huquqiy tushuntirishlar sodda ko‘rinishdagi jadvallar, sxemalar va infografikalar orqali yoritilgan.

Eng asosiysi, qo‘llanma sudlarga murojaat qiluvchi oddiy fuqarolar, tadbirkorlik sub’ektlari, yuridik shaxslar vakillarining moneliksiz sudga murojaat qilishini ta’minlashga qaratilganidadir.

Ushbu qo‘llanma xalq qabulxonalari va mahalla fuqarolar yig‘inlari orqali aholiga bepul tarqatiladi. Qo‘llanmaning elektron varianti Oliy sudning [email protected] saytiga joylashtirilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 19
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 72
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 39
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 40
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 43
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 37
  • So'nggi yangiliklar
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 19
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 18
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 102
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 72
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 39
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 49
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 40
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 119
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 65
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 100
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 43
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 42
  • Bo‘limlar