“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 02:39
ЎЗO‘Z

Quva tumani sud raislari, prokuror va profilaktika inspektorlari o‘rtasida ochiq muloqot o‘tkazildi

07 mar, 09:57 3 187 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Quva tumani sud raislari, prokuror va profilaktika inspektorlari o‘rtasida ochiq muloqot o‘tkazildi Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020 yil 12 fevral kuni “Mahalla tizimini takomillashtirish, mahallalarda tinchlik osoyishtalikni mustahkamlash, jinoyatchilikni oldini olish masalalari bo‘yicha videoselektr yig‘ilishi o‘tkazilgan edi.

Videoselektr yig‘ilishida profilaktika inspektorlarining ovoragarchiliklari, ular vaqtlarini jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha emas balki, odam tashib, vaqtlarini behuda o‘tkazayotganliklari haqida haqli e’tirozlar bildirgan edi.

Yuqoridagi e’tirozlardan kelib chiqib, 2020 yil 6 mart kuni Quva tuman ma’muriy va jinoyat sudlari, Quva tuman prokurori, Quva tuman IIB boshlig‘i, XOOB profilaktika inspektorlari o‘rtasida jinoyat va ma’muriy ish materiallarini rasmiylashtirishda yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklar, ularni bartaraf etish yuzasidan, shuningdek amaliyotda ko‘p uchrayotgan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha o‘zaro fikrlar almashilindi.

Shuningdek kelgusida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish bo‘yicha tegishli tartibda ish rejasi tasdiqlanib, jinoyatchilikka va huquqbuzarlikka qarshi kurashish bo‘yicha barcha davlat organlari bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilishga kelishib olindi.

Bundan tashqari, Quva tuman ma’muriy sudi raisi tomonidan yig‘ilishda korrupsiyani mazmun mohiyati, uni oldini olish va uning jamiyat uchun xavfli oqibatlari haqida tegishli tushuntirishlar berildi. Yig‘ilishda IIB profilaktika inspektorlari va sudlar materiallarni sudga topshirishda, profilaktika inspektorlarini behuda vaqtini sudda o‘tkazmaslik, aksincha, jamiyat uchun, fuqarolar uchun ta’sir kuchiga ega bo‘lgan huquqbuzarliklarni profilaktika inspektori binosida yoki o‘sha mahalla fuqarolar yig‘ini binosida o‘tkazish bo‘yicha kelishib olindi.

Ushbu ochiq muloqotda profilaktika inspektorlari amaliyotda uchrayotgan muammolar bo‘yicha savollariga tegishli tavsiyalar va javoblar olishdi.

Quva tuman ma’muriy
sudining raisi
A.Jumayev
sud raislari, prokuror, inspektorlar




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 4
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 52
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 283
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 90
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 100
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 83
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 37
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 13
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 4
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 11
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 110
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 55
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 37
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 131
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 136
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 48
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 80
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 78
  • Bo‘limlar