“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 21:07
ЎЗO‘Z

Andijonda giyohfurush sheriklarini «sotdi»

07 mar, 08:21 3 544 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Andijonda giyohfurush sheriklarini «sotdi» Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti
2020 yilning 2 mart kuni taxminan 11:00larda Andijon viloyati IIB va DXX boshqarmasi xodimlari tomonidan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazdi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berishicha, Marhamat tumanida 41 yoshli O.T. boshqaruvidagi «Nexia» rusumli avtomashina to‘xtatib tekshirilganida, salonida 99,77 gramm «gashish» giyohvandlik vositasi borligi aniqlangan va ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Tekshiruv jarayonida O.T. ushbu giyohvandlik vositasini tanishi 34 yoshli S.K.dan olganligi va ushbu og‘uni 1.000 AQSH dollariga sotib olishi lozim bo‘lgan 51 yoshli K.A.ning buyurtmasiga asosan olib ketayotganligini ma’lum qilgan.

Olingan ma’lumotga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida, 1.000 AQSH dollari evaziga O.T.dan ushbu giyohvandlik vositasini sotib olayotgan vaqtida A.K. ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Bundan tashqari S.K.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganida, 182,92 gramm giyohvandlik vositasi borligi aniqlangan. Shu tariqada tadbir jarayonida jami 282,69 gramm giyohvandlik vositasi va 1.000 AQSH dollari miqdoridagi pullar olingan.

Mazkur holat yuzasidan Marxamat tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

S.K.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddas 5-qismi (ko‘p miqdorda giyohvandlik vositalari o‘tkazish) bilan, O.T. va K.A.larga nisbatan JKning 25, 273-moddasi 5-qismi bilan (ko‘p miqdorda giyohvandlik vositalari o‘tkazishga suiqasd qilish) ayblov e’lon qilingan. Dastlabki tergov davom ettirilmoqda.
giyohfurush, gashish




Mavzuga oid yangiliklar
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 4
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 33
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 41
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 38
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 150
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 56
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 0
  • Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi 03 мая, 20:30 0
  • Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi 03 мая, 20:05 0
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 4
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 10
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 33
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 41
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 141
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 34
  • ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi 03 мая, 18:21 62
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 38
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 238
  • Bo‘limlar