“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 16:54
ЎЗO‘Z

Tarixiy hujjat imzolandi: O‘zbekistonda paxtaga davlat buyurtmasi bekor qilindi

06 mar, 15:39 4 134 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tarixiy hujjat imzolandi: O‘zbekistonda paxtaga davlat buyurtmasi bekor qilindi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Paxtachilik sohasida bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, davlat tomonidan paxta xom ashyosi ishlab chiqarish va sotish rejasini belgilash amaliyoti hamda paxta xom ashyosining xarid narxini belgilash amaliyotidan voz kechiladi.

Rewiev.uz xabarida qayd etilishicha, qaror prezidentining 2019 yil 23 oktabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020—2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmoni ijrosini ta’minlash, davlat buyurtmasi hajmlarini bosqichma-bosqich kamaytirish, shu jumladan, paxta xom ashyosi yetishtirish, xarid qilish va sotishda erkin raqobatni ta’minlaydigan bozor tamoyillarini joriy etish, ushbu yo‘nalishda fermer xo‘jaliklari manfaatdorligini oshirish hamda qishloq xo‘jaligi sohasiga investitsiyalarni keng jalb qilish maqsadida qabul qilindi.

Unda, birinchidan, 2020 yil hosilidan boshlab:
- davlat tomonidan paxta xom ashyosi ishlab chiqarish va sotish rejasini belgilash amaliyoti bekor qilinadi;
- paxta xom ashyosining xarid narxini belgilash amaliyotidan voz kechiladi;
- paxta xom ashyosi yetishtiruvchilarga rayonlashtirilgan navlarni erkin tanlash huquqi beriladi;
- sertifikatlangan urug‘lik yetkazib berish tizimi saqlab qolinadi.

Ikkinchidan, paxta-to‘qimachilik klasterlari tashkil etilmagan hududlarda paxta tozalash korxonalari ishtirokida fermer xo‘jaliklarining ixtiyoriy kooperatsiyasi tashkil etiladi.

Koorperatsiyaning asosiy vazifalari:
- kooperatsiya a’zolari tomonidan, texnika, uskuna, transport vositalaridan va paxta tozalash zavodlaridan birgalikda foydalanishni tashkil etish;
- kooperatsiya a’zolarini qishloq xo‘jaligi texnikasi, yonilg‘i-moylash materiallari, o‘g‘it, urug‘lar, shuningdek, kimyoviy himoya vositalari bilan ta’minlash;
- ishlab chiqarilgan mahsulotlarni tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash va sotishni tashkillashtirish;
- qishloq xo‘jaligi birlashmalari a’zolariga agrotexnika, buxgalterlik, konsalting, vositachilik va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish.

Uchinchidan, paxta xom ashyosi yetishtirish va qayta ishlashni kreditlashning yangi mexanizmi joriy etiladi.
To‘rtinchidan, «O‘zpaxtasanoat» AJni tugatish choralari ko‘riladi.

Beshinchidan, jahon bozori narxlari tahlilidan kelib chiqib har yili 1 dekabrga qadar kelgusi yil hosili uchun kutilayotgan (indikativ) narxlar e’lon qilinishini hamda bozorlardagi narxlar o‘zgarishidan kelib chiqib, har chorakda ushbu narxga tuzatishlar kiritish amaliyoti joriy etiladi;

Oltinchidan, paxta tolasi Respublika tovar-xomashyo birjasida boshlang‘ich birja narxida erkin sotiladi, bunda birjada boshlang‘ich narx shakllanishida 10 foiz chegirma qo‘yish bekor qilinadi.
paxta, davlat buyurtmasi, bekor qilindi




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentdagi Isroil elchixonasini yoqib yuborishga uringan talaba 5 yilga qamaldi 08 мая, 16:50 0
  • O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi 08 мая, 16:10 1
  • Shavkat Mirziyoyev urush faxriylarini ziyorat qildi 08 мая, 14:36 96
  • Onkolog tatuirovka ishqibozlarini jiddiy ogohlantirdi 08 мая, 10:35 58
  • O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi 08 мая, 08:57 41
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 59
  • So'nggi yangiliklar
  • “Chelsi” 2024 yilda kimlar bilan xayrlashadi? 08 мая, 15:49 4
  • Rossiya yana bir bor Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi 08 мая, 15:23 80
  • Trampning maxfiy hujjatlar bo‘yicha sud jarayoni keyinga qoldirildi 08 мая, 15:00 18
  • Shavkat Mirziyoyev urush faxriylarini ziyorat qildi 08 мая, 14:36 96
  • London: 9 mingga yaqin chechen Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda 08 мая, 14:30 158
  • Dunyodagi eng ko‘p millionerlar yashaydigan shaharlar e’lon qilindi 08 мая, 13:37 72
  • OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda 08 мая, 13:09 243
  • Olimpiadaga chiqqan futbolchilar qancha mukofot pullari olgani ma’lum bo‘ldi 08 мая, 12:50 285
  • Gollivudning eng uyatchan yulduzlari (foto) 08 мая, 12:22 181
  • Hindiston aeroportida ikki nafar o‘zbekistonlik 5 kilo oltin bilan ushlandi 08 мая, 12:00 84
  • BMT Isroilni xalqaro huquqning barcha normalarini buzganlikda aybladi 08 мая, 11:35 44
  • Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi 08 мая, 11:16 297
  • Bo‘limlar