“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 00:30
ЎЗO‘Z

Markaziy bank va Andijon viloyati hokimligi o‘rtasida yuzaga kelgan ziddiyatga izoh berildi

06 mar, 10:40 3 210 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Markaziy bank va Andijon viloyati hokimligi o‘rtasida yuzaga kelgan ziddiyatga izoh berildi 5 mart, payshanba kuni, Markaziy bankning navbatdagi boshqaruv yig‘ilishi yakunlari va asosiy stavka bo‘yicha qabul qilingan qaror yuzasidan OAV vakillari uchun matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Markaziy bank boshqaruvi raisi jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga javob qaytardi.

«Daryo» muxbiri Mirolim Isajonov Mamarizo Nurmurotovdan bir necha yil avval Markaziy bank va Andijon viloyati hokimligi o‘rtasida kredit masalasida ziddiyat kelib chiqqani haqidagi mish-mishlarga izoh berishini so‘radi.

«Imtiyozli kredit bor joyda albatta, ma’lum bir nuqtai nazardan korrupsiya illatlari ham bo‘ladi. Andijon viloyatidagi holat bo‘yicha shuni aytishim mumkinki, viloyatga qora mol sotib olish uchun yirik miqdorda kreditlar ajratilgan. Markaziy bank tahlillari viloyatga belgilangan miqdorda qora mol kirib kelmaganligini ko‘rsatdi. Biz berilgan kreditlar ichki bozorda qora mollarni aylantirishga emas, balki chet eldan naslli qora mol olib kelishga yo‘naltirilishini talab qilganmiz va buning uddasidan chiqdik», — dedi Markaziy bank raisi.

Nurmurotov «ajratilayotgan kreditlarni maqsadsiz ishlatayotgan hududlar ichida qaysi viloyatlar peshqadamlik qilayotgani» haqidagi savolga shunday javob berdi:
«Yuqorida ta’kidlaganimdek, imtiyozli kredit bor joyda maqsadsiz ishlatishga moyillik juda kuchli bo‘ladi. Ya’ni o‘sha kreditni hech qanday bir davrsiz, biror shaxsga berilgan kreditlarni o‘zining ma’lum bir ijtimoiy maqsadlarini, turmushi bilan bog‘liq xarajatlarini yengillashtirishga sarflashga bo‘lgan moyilligi kuchayadi.

Bu holat bo‘yicha bizda doimiy monitoring mavjud, muntazam ravishda kuzatib boramiz. U viloyatda ko‘p, bu viloyatda kam, deyishimiz noo‘rin. Hamma joyda bor bu narsa. Lekin eng asosiysi, biz shuni vaqtida nazorat qilib, maqsadsiz ishlatilgan kreditlar bo‘yicha tegishli choralarni ko‘ryapmiz va muddatidan oldin qaytishiga erishmoqdamiz
».
Markaziy bank, Andijon viloyati hokimligi, ziddiyat




Mavzuga oid yangiliklar
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 18
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 21
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 19
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 92
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 140
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 91
  • So'nggi yangiliklar
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 4
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 6
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 28
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 56
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 48
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 72
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 34
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 75
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 52
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 18
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 47
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 21
  • Bo‘limlar