“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 23:47
ЎЗO‘Z

Markaziy bank raisi Humo kartasiga o‘tishga majburlanayotganlik holatlariga munosabat bildirdi

06 mar, 09:23 3 450 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Markaziy bank raisi Humo kartasiga o‘tishga majburlanayotganlik holatlariga munosabat bildirdi Foto: Markaziy bank axborot xizmati
Aholi orasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘layotgan Humo plastik kartasi bozor iqtisodiyotida raqobat hosil qilish va aholining to‘lovlarni amalga oshirishdagi erkinliklari, imkoniyatlarini ta’minlash maqsadida yaratilgan. Bu haqda 5 mart, payshanba kuni, Markaziy bank boshqaruvi raisi ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

«Humo tizimi orqali, eng avvalo, bozorda raqobat muhitini yaratmoqchimiz. Ya’ni aholiga plastik karta va boshqa informatsion texnologiyalar asosida ko‘rsatilayotgan xizmatlar narxini pasaytirish, sifatini oshirish asosiy maqsadlarimizdan biri. Ikkinchi bir muhim tomoni shuki, agar mazkur tizimni yo‘lga qo‘ymaganimizda, har qaysi bank o‘z tizimini yaratishga majbur bo‘lardi. Biz bu tizim orqali barcha tijorat banklari uchun yagona poydevor yaratdik. Xilma-xil chakana to‘lov bilan bog‘liq chakana xizmatlarni rivojlantirish uchun yagona poydevor qildik. Bir-biriga bog‘liqligi uchun buni har qaysi bank o‘zicha qilolmasdi. Mana ko‘ryapsizlar, natijada turli chakana bank xizmatlari paydo bo‘lyapti. Asosiy maqsadimiz ham mana shu», — dedi Markaziy bank boshqaruvi raisi Mamarizo Nurmurotov.

Shundan so‘ng, «Daryo» muxbiri Mirolim Isajonov bank raisiga «Siz yuqorida bu tizim raqobatni paydo qilish maqsadida joriy etilganini ta’kidladingiz. Ammo ijtimoiy tarmoqlarda turli tashkilotlarda ishlaydigan fuqarolar Humo’ga o‘tishga majburlanayotgani haqida o‘z noroziligini bildirmoqda. Sizningcha, majburlash orqali raqobat muhitini yaratish qanchalik to‘g‘ri?», — degan savol bilan yuzlandi.

«Majburiy raqobat hech qachon bo‘lmaydi. Biz xizmat turini yaratdik. Undan foydalanish asta-sekin amalga oshadi. Majburiy degan so‘zga to‘xtaladigan bo‘lsam, biz bu borada budjet tashkilotlarining ma’lum daromadlarini Humo kartasi orqali to‘lash tizimi bo‘yicha ishlayapmiz. Buni majburiy, deb atashimiz noo‘rin. O‘z fuqarolarimizning to‘lovlarini amalga oshirishdagi erkinliklari, imkoniyatlarini ta’minlash maqsadida ushbu tizimni joriy qilganmiz. Masalan, Rossiyada «Mir» tizimi bor. Bu ham mamlakat Markaziy banki tomonidan tashkil qilingan. 64 foiz daromadlar «Mir» orqali aylanadi.

Moliyaviy savodxonligimiz oshgan sari odamlarimiz qancha plastik kartochka bo‘lsa, hammasidan olishga intiladi va xilma-xil kartaga nisbatan ehtiyojimiz yuqorilab boradi. Chunki to‘lov tizimi inson omili va texnikaga ko‘proq bog‘liq bo‘lgan narsa. Shu nuqtai nazardan, uni majburlash, deb baholash va aytish nazarimda noto‘g‘ri hisoblanadi
», — deya javob qaytardi Nurmurotov.
Markaziy bank, Humo, plastik karta




Mavzuga oid yangiliklar
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 8
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 14
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 15
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 65
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 119
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 88
  • So'nggi yangiliklar
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 0
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 0
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 4
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 11
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 36
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 21
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 8
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 31
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 14
  • Osiyo chempionati. O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi bo‘ldi 07 мая, 20:02 60
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 15
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 65
  • Bo‘limlar