“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 13:24
ЎЗO‘Z

Vazirlik vakili koronavirusdan saqlanish bo‘yicha tavsiyalar berdi

05 mar, 18:30 3 879 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Vazirlik vakili koronavirusdan saqlanish bo‘yicha tavsiyalar berdi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti direktori Botir Tojiyev COVID-19 koronavirus infeksiyasidan qanday saqlanish mumkinligi bo‘yicha tavsiyalar berdi. U qo‘lni tez-tez yuvish hamda aksa urganda og‘iz va burunni yopishga, shuningdek, ovqat tayyorlashda ham gigiyena qoidalariga rioya qilishga chaqirgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi tibbiyot fanlari doktori, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti direktori Botir Tojiyev bilan suhbatda koronavirus infeksiyasi bo‘yicha savollar bilan murojaat qildi.

– Koronavirus yuqishi va belgilari haqida ma’lumot bersangiz?
– Koronavirus infeksiyasining yashirin davri 2 kundan 14 kungacha davom etadi. Hozirgi kunda virus tarqalishi asosan odamdan odamga yaqin aloqa oqibatida yuz bermoqda. Uning alomatlari isitma, yo‘tal va nafas qisishi hisoblanadi.

Virusni barcha yoshdagi odamlar yuqtirishi mumkin. Yoshi katta, surunkali kasallikka yo‘liqqan, immuniteti zaiflashgan odamlarda kasallik og‘irroq kechishi mumkin. Ayni paytda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va dunyo davlatlari mutaxassislari ushbu virusga qarshi yangi vaksina va davolash metodlarini yaratish ustida faol ishlashmoqda.

– Hozirda xastalikdan saqlanishda qo‘llarni yuvish muhim o‘rin tutishi haqida ko‘p gapirilmoqda....
– To‘g‘ri. Qo‘llarni tez-tez va sovun bilan yaxshilab suvda yuvishning ahamiyati beqiyos. Bundan tashqari, spirtli dezinfeksiyadan foydalanish ham zarar qilmaydi. Ovqat qilish davomida hamda undan oldin va keyin, shuningdek, ovqatlanishdan oldin, uy hayvonlari oldidan qaytganda ham qo‘llarni yuvishni unutmaslik kerak. Ayni kunlarda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan butun aholiga qo‘l yuvishning ahamiyati haqila sms-xabarlar tarqatilayotganining sababi ham ana shunda.

– Mutaxassis sifatida koronavirusni yuqtirib olmaslik yoki uning xavfini kamaytirish uchun yana qanday ehtiyot choralarini ko‘rish kerak, deb o‘ylaysiz?
– Avvalo, shamollash yoki gripp alomatlari kuzatilgan odamlar bilan yaqin aloqa qilishdan tiyiling. Yuzni qo‘l bilan ushlamang. Imkon qadar bozor, vokzal, katta do‘konlar kabi odamlar yig‘iladigan joylarga borishni kamaytiring. Yo‘talganda, burun qoqqanda va aksirganda og‘iz va burningizni berkiting. Kasallikning ilk alomatlari kuzatilganda, uyda qoling va darhol shifokorga murojaat qiling.

– Infeksiyadan saqlanish maqsadida himoya niqobini taqib yurish qanchalik zarur?
– Bilasizmi, sizda yo‘tal, nafas olishda qiynalish kabi respirator infeksiya alomatlari kuzatilsa, shuningdek, tibbiyot xodimi sifatida infeksiya alomatlariga ega bemorga qarayotgan bo‘lsangiz yoki borib ko‘rsangizgina tibbiy niqobni taqib yurishingiz mumkin. Respirator infeksiyasi alomatlari mavjud bo‘lmagan barcha holatlarda himoya niqoblarini taqib yurishga zarurat yo‘q.

– Infeksiyadan saqlanish maqsadida ovqat tayyorlayotganda qanday ehtiyot choralariga amal qilish lozimligi ham ko‘pchilikni qiziqtirishi tabiiy...
– Avvalo, ovqat tayyorlayotganda, xom go‘sht va tayyor ovqatni kesish uchun alohida chopish taxtalari va pichoqlardan foydalanish zarur. Go‘sht va sut mahsulotlarini ushlagandan keyin qo‘llarni yaxshilab yuvish muhim o‘rin tutadi. Go‘sht mahsulotlarini yaxshilab pishirish lozim. Xom yoki chala qaynatilgan go‘sht mahsulotlarini iste’mol qilishdan saqlaning.

– Safarga yo‘l olganda koronavirus infeksiyasidan saqlanish uchun nimalarga e’tibor qaratish kerak?
– Avvalo, zarurat bo‘lmaganda xorijga chiqishdan cheklanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Safarga chiqqanda infeksiyadan saqlanish uchun yuqoridagi aytib o‘tilgan, umumiy gigiyenik qoidalarga qat’iy rioya qilishi kerak. Bunda avval, qo‘llarni spirtli nam salfetka yordamida tez-tez artib, sovunlab yuvib turish kerak. Sog‘ligingiz yomonlashsa, siz bilan safarga chiqqan guruh a’zolariga xabar qiling va imkon bo‘lishi bilan shifokorni ham xabardor eting. Shamollash yoki gripp alomatlariga ega odamlardan yiroq bo‘ling, agar yuqoridagi alomatlar sizda sezilsa, safarni bekor qilganingiz ma’qul.
koronavirus, tavsiya




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 16
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 216
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 180
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 241
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 55
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 255
  • So'nggi yangiliklar
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 0
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 0
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 1
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 7
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 13
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 21
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 16
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 29
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 46
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 118
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 170
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 46
  • Bo‘limlar