“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 12:55
ЎЗO‘Z

Qashqadaryoda sudya sud zalida blogerni 15 sutkaga qamatish bilan tahdid qilgani rostmi? (video)

05 mar, 10:27 3 598 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qashqadaryoda sudya sud zalida blogerni 15 sutkaga qamatish bilan tahdid qilgani rostmi? (video) Kecha Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar ma’muriy sudida avtobloger Maqsud Muzaffarovning ishi ko‘rib chiqildi. Sud ishini yoritish uchun tashrif buyurgan “Yakkabog‘24” sahifasi blogeri Komil Faxriddinov shaxsini tasdiqlovchi hujjat tariqasida yangi tartibdagi avtomobil guvohnomasini ko‘rsatgan. Huquq-tartibot xodimlari esa, uni tekshirib, sud zaliga kirishi uchun ruxsat bergan.

Sud boshlanishi arafasida sudya Qilichov Baxtiyor blogerga "Avtomobil guvohnomasi bilan kirish mumkin emas, chiqib keting", deb aytgan. Vaholanki, avtomobil guvohnomasi ham shaxsni tasdiqlovchi hujjat qatoriga kiradi va u bilan bemalol sud zaliga tashrif buyurish mumkin.

Bloger bu holat haqida o‘z telegram kanalida batafsil yozib chiqishini aytib, sud zalidan chiqib ketayotganida, sudya huquq tartibot xodimlariga blogerni ushlashni buyuradi. Keyin esa blogerni sudga bosim o‘tkazishda ayblab, 15 sutkaga qamatish bilan qo‘rqitadi. Avtobloger Maqsud Muzaffarovga esa "Sen blogerlarni olib kelib, sudga nisabatan bosim qilmoqchi bo‘lding. Javobgarlikka tortilasan", deb aytadi.

Bundan tashqari sudya janoblari Maqsud Muzaffarovning YPX xodimiga qarshi kiritgan da’vo arizasini ko‘rib chiqishni ochiq tarzda rad etgan. Sudyalar uchun alohida qonun joriy qilinganmi? Bu holat bo‘yicha izoh kutib qolamiz.
bloger, qamatish, tahdid




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 60
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 36
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 65
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 88
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 138
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 55
  • So'nggi yangiliklar
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 1
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 59
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 43
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 31
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 57
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 67
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 39
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 34
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 98
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 216
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 36
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 188
  • Bo‘limlar