“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 11:33
ЎЗO‘Z

Banklar privatizatsiyasi qachondan boshlanishi ma’lum bo‘ldi

05 mar, 07:00 3 109 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Banklar privatizatsiyasi qachondan boshlanishi ma’lum bo‘ldi Foto: Shutterstock
O‘zbekistondagi 13ta bankda davlat ulushi mavjud. 2020 yil oxiridan e’tiboran, ularni bosqichma-bosqich xususiylashtirish boshlanadi.
Moliya vaziri o‘rinbosari Shohruh Shorahmedovning aytishicha, bu borada Xalqaro moliya korporatsiyasi va boshqa xorijiy investorlar bilan muzokaralar olib borilmoqda.

«Davlat ulushi bo‘lgan banklarning hammasi birdaniga xususiylashtiriladi, deb aytolmaymiz. Bu juda murakkab, vaqt talab qiladigan masala. Hozircha «Sanoatqurilishbank»ka o‘xshagan yirik-yirik banklar haqida gapirishimiz mumkin. «Sanoatqurilishbank» [o‘tgan yili] London fond birjasida obligatsiyalarini chiqardi.

Ayni paytda «Ipotekabank» faoliyatini isloh qilish harakatidamiz. Boshqa banklar bo‘yicha ham ishlar olib borilyapti. Yil oxiriga borib, investorlarni jalb qilishni boshlaymiz.

Vaqt o‘tishi bilan bu jarayonlar tezlashadi, deb o‘ylaymiz. Yaqin yillarda davlat ulushi bo‘lgan banklar to‘liq xususiylashtirilishi ustida ish olib borilmoqda», – dedi Shorahmedov 4 mart kuni Xalqaro press-klub sessiyasida.

2019 yili Moliya vazirligiga davlat ulushi yuqori bo‘lgan banklarni isloh qilish, ularga xorijiy investorlarni jalb qilish va xalqaro bozorga chiqarish bo‘yicha vazifalar yuklatilgan edi.

«Shuning uchun vazirligimizda maxsus boshqarma (Davlat ishtirokidagi tijorat banklarini isloh qilishni muvofiqlashtirish boshqarmasi – tahr.) ham tashkil etilgan hamda ushbu masala vazir o‘rinbosarining funksiyalariga kiritilgan edi», – deydi vazir o‘rinbosari.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda strategik ahamiyatga ega korxonalardan tashqari, davlat ulushi mavjud barcha korxonalar bosqichma-bosqich xususiylashtirilishi e’lon qilingan.

2020 yildan boshlab mamlakat banklarida keng ko‘lamli transformatsiya dasturi amalga oshiriladi. 2020 yilda Milliy bank va Ipoteka-bank ham o‘z yevrobondlarini chiqaradi.

Ustav kapitalidagi davlat aksiya paketlari (ulushlari) to‘liq xususiy sektorga sotilishi taklif etilayotgan banklar quyidagilar:
«Poytaxt bank» AJ (hozirda davlat ulushi – 100 foiz)
«Asia Alliance Bank» ATB (100)
«Turonbank» ATB (97,6)
«Qishloq qurilish bank» ATB (96,5)
«Asaka» ATB (95,9)
AT «Aloqabank» (94,2)
«O‘zbekiston sanoat-qurilish bank» ATB (89,1)
«Ipoteka-bank» ATIB (84,7)
«O‘zagroeksportbank» ATB (75)
«Ipak yo‘li aksiyadorlik innovatsiya tijorat banki» AJ (0,4)
«Trastbank» XAB (0,1)
Chet el kapitali ishtirokidagi «Xamkorbank» ATB (0,01)

Quyidagi to‘rtta bankda davlat aksiya paketi to‘liq saqlanib qolishi kutilmoqda:
«Xalq banki» ATB (100)
«O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki» AJ (100)
«Agrobank» ATB (94,3)
«Mikrokreditbank» ATB (84,8)




Mavzuga oid yangiliklar
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 0
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 22
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 20
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 57
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 90
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 271
  • So'nggi yangiliklar
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 0
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 0
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 3
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 21
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 20
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 8
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 68
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 56
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 31
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 88
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 209
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 121
  • Bo‘limlar