“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 06:00
ЎЗO‘Z

Asaka tumani hokimi ishdan olindi

04 mar, 14:13 6 032 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Asaka tumani hokimi ishdan olindi Inomjon Mamadaliyev
Bugun, 4 mart kuni Andijon viloyati, Asaka tumanida faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov va prezident maslahatchisi o‘rinbosari Qahramon Quronboyev ishtirok etdi.

Yig‘ilishda tuman hokimi Erkinjon Abdullayevich Yakubov ishdan olingan. U 2017 yilning iyulidan buyon tumanga rahbarlik qilib kelayotgandi.
Kun.uz nashri xabar berishicha, Bo‘ston tumanining (sobiq Bo‘z) sobiq hokimi Inomjon Solijonovich Mamadaliyev Asaka tumaniga yangi rahbar etib tayinlangan.

Inomjon Mamadaliyev 1975 yil 24 yanvar kuni Andijon viloyati Asaka tumanida tug‘ilgan. 1997 yilda Andijon davlat universitetini tamomlagan, ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi - jurnalist.

U muqaddam Asaka shahar IIB huquqbuzarliklarni oldini olish guruhi katta inspektori, Asaka shahar IIB boshlig‘ining shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari, IIB huquqbuzarliklarni oldini olish boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan. 2014 yil 13 maydan Asaka tumani hokimining birinchi o‘rinbosari - Asaka shahar hokimi sifatida ishlagan, 2018 yilning avgustida hozirgi Bo‘ston (o‘sha vaqtda Bo‘z) tumaniga hokim etib tayinlangandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 63
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 65
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 178
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 51
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 64
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 62
  • So'nggi yangiliklar
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 6
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 11
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 10
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 63
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 214
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 64
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 65
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 118
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 46
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 106
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 97
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 136
  • Bo‘limlar