“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 15:55
ЎЗO‘Z

Mirishkor hokimi mahalla raislaridan uzr so‘radi

04 mar, 12:20 3 721 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mirishkor hokimi mahalla raislaridan uzr so‘radi Kecha, 3 mart kuni viloyat hokimi Zoyir Mirzayevning topshirig‘i bilan viloyat hokimligi Odob axloq komissiyasi raisi Oliy Majlis senati a’zosi A. Erkayev va komissiya a’zolari Mirishkor tumani hokimligi faollar zalida mahalla raislari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazgan. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmatiga tayanib, «Nasafnews» yozdi.

So‘zga chiqqanlar o‘sha vaqtdagi ikki tomonning ruhiy holati, raislarning o‘z vazifasiga mas’uliyatsizligi, hokimning noo‘rin qo‘pollik qilganligi to‘g‘risida turli mulohazalar bildirishgan.

Tuman hokimining ishtirokisiz o‘tgan muhokama jarayoni yakunlangach komissiya raisi A. Erkayev zalga tuman hokimi B. Rajapovni taklif etdi. B. Rajapov bo‘lib o‘tgan noqulay holat va qo‘polliklar uchun mahalla raislaridan uzr so‘rab, o‘sha paytdagi og‘ir ruhiy holatiga izoh bergan.

Eslatib o‘tamiz, 2 mart kuni Mirishkor tumani hokimining mahalla raislarini so‘kkani va urgani haqidagi audio tarqaldi. Qashqadaryo viloyati hokimligi bu ovoz haqiqatdan ham Mirishkor tumani hokimi B.Radjabovning ovozi ekanligini tasdiqladi.

Shuningdek, Bosh prokuratura ushbu holat bo‘yicha tekshiruvlar boshlanganini ma’lum qildi.
Shundan so‘ng, so‘kong‘ich hokim holatni izohlab, mahalla raislarini urganini rad etdi.

Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama etilayotgan mazkur voqeaga bloger Xushnud Xudoyberdiyev ham o‘z munosabatini bildirdi. Shuningdek, haddidan oshgan hokim deputat Rasul Kusherbayev tomonidan ham keskin tanqid qilindi.
Mirishkor hokimi, mahalla raislari, uzr so‘radi




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 1
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 0
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 49
  • 3 ming nafar o‘zbekistonlik Koreyaga avtomobilsozlik yo‘nalishida ishga yuborilishi mumkin 07 мая, 09:23 33
  • Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi 07 мая, 08:15 146
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 89
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi 07 мая, 15:00 0
  • Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi 07 мая, 14:32 0
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 1
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 0
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 21
  • Putin hukumatga minnatdorlik bildirdi 07 мая, 12:39 43
  • Bugun Rossiya hukumati iste’foga chiqadi 07 мая, 12:16 29
  • AQSHning Ukraina bo‘yicha dahshatli rejasi ma’lum bo‘ldi 07 мая, 11:50 149
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 49
  • AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shin yuborish shartini aytdi 07 мая, 11:00 125
  • AQSH Putinni Rossiya prezidenti sifatida tan oladimi? 07 мая, 10:35 137
  • Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi 07 мая, 10:09 49
  • Bo‘limlar