“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 20:04
ЎЗO‘Z

Toshkentda yarim yalang‘och holatda mashina lyukidan chiqib o‘ynagan qizlar qidirilmoqda

03 mar, 14:34 8 386 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentda yarim yalang‘och holatda mashina lyukidan chiqib o‘ynagan qizlar qidirilmoqda Ijtimoiy tarmoqlarda yarim yalang‘och kiyingan ikki qiz Lacetti rusumli avtomobil lyukidan chiqqan holda raqsga tushayotgani aks etilgan video tarqatildi. Ma’lum qilinishicha, ushbu fakt 2020 yilning 26 fevral kuniga o‘tar tunda sodir bo‘lgan va shu kunning o‘zida Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan tegishli choralar ko‘rildi.

Aniqlanishicha, Lacetti rusumli avtomobil (davlat raqami 01 J 299 HA) haydovchisi 23 yoshli Javohir B. Yunusobod tumani Istiqlol ko‘chasidan harakatlanib borganda ikki nafar yo‘lovchilariga xavfli tarzda lyukdan chiqishlariga yo‘l qo‘ygan. Haydovchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 138 moddasi to‘rtinchi qismiga muvofiq bayonnoma tuzildi. Eslatib o‘tamiz, «transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda yo‘lovchi tomonidan tana qismlarini (qo‘ldan tashqari) salondan chiqarish, — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi».

Keyinchalik haydovchining ma’lum qilishicha, u notanish qizlarni manziliga olib borib qo‘yish uchun yo‘ldan mindirgan. Qoidabuzarlikning bevosita ishtirokchilari hozirga vaqtda aniqlanmoqda, ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183 moddasiga muvofiq chora ko‘rilishi ko‘zda tutilmoqda.

Mazkur moddaga ko‘ra, «jamoat joylarida uyatli so‘zlar bilan so‘kinish, fuqarolarga haqoratomuz shilqimlik qilish hamda jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi shu kabi boshqa xatti-harakatlarda ifodalangan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik – bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi».

Shuningdek qayd etish lozimki, tekshiruv davomida avtomobilga amaldagi qonunchilik talablarini chetlab o‘tilgan holda o‘zgartirish kiritilgani aniqlandi (o‘zgartirish kiritish uchun IIV YHXBB ruxsati yo‘q). Shu munosabat bilan Lacetti O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 291-moddasiga muvofiq jarima maydonchasiga joylandi.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun muqaddam Samarqand shahrida uch erkak yalang‘och holatda ko‘chada sayr qilgani xabar qilingan edi. Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 16
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 24
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 50
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 48
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 31
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 125
  • So'nggi yangiliklar
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 1
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 2
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 26
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 47
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 17
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 30
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 18
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 25
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 16
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 24
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 71
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 40
  • Bo‘limlar