“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 19:27
ЎЗO‘Z

Straus House rahbari mijozlardan tuyaqush uchun olgan pullariga timsoh boqib, terisini sotmoqchi bo‘lgan

02 mar, 20:43 3 628 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Straus House rahbari mijozlardan tuyaqush uchun olgan pullariga timsoh boqib, terisini sotmoqchi bo‘lgan Straus House MCHJ mansabdorlari O‘zbekiston bo‘ylab jismoniy va yuridik shaxslarga Janubiy Afrikadan har birining narxi 1 million 800 ming so‘mdan bo‘lgan qora bo‘yin zotli jo‘jalarni 90 kun ichida yetkazib berishni va’da qilib, shartnomalar rasmiylashtirgan. Bu haqda 2 fevral kuni Toshkent shahridagi Interpol milliy markaziy byurosida IIV Tergov departamenti tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda “Daryo” nashri.

Aniqlanishicha, MCHJ mansabdorlari jami 16,1 milliard so‘m miqdordagi to‘lovlarni jamiyatning bankdagi hisob raqami orqali qabul qilgan. Ammo belgilangan muddatda umumiy 319 nafar shaxsga tuyaqush jo‘jalarini yetkazib bermasdan 7,2 milliard so‘mni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

“Straus House MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida hujjatli taftish tayyorlangan. Ular tomonidan tuyaqush jo‘jasi uchun jalb qilingan mablag‘lar qayerga sarflanganligi, albatta, bizni ham qiziqtirgan. Chunki fuqarolarga yetkazilgan zararning aksariyat qismi qoplanmagan.

Odamlar ularga tuyaqush jo‘jasi uchun pul to‘lashgan. Tadbirkor odamlarga tuyaqush jo‘jasi yetkazib berish maqsadida shartnoma imzolagan. MCHJ ochilgan vaqtda hisob raqamda pul bo‘lmagan. U fuqarolardan jalb qilgan mablag‘larning ko‘pini o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan.

Xususan, 745 million so‘mni o‘zi muqaddam boshqa jinoyat ishi doirasida fuqarolarni chet elga yuborish maqsadida tashkil etgan firmasidan jabr ko‘rganlarning zararini qoplash uchun o‘tkazib bergan.

Bundan tashqari, mahallasiga asfalt yotqizgan, dabdabali to‘y qilgan, o‘zi va yaqinlariga avtomashina xarid qilgan, Turkiya, Tailand kabi bir qancha davlatlarda dam olib qaytgan, Umra ziyoratiga borgan.

100 ming dollarni Tailand Qirolligiga timsoh olib kelish uchun o‘tkazganligi aniqlangan. Tuyaqush jo‘jasi olish niyatida pul bergan odamlarning mablag‘ini timsoh uchun sarflashga kimning haqi bor? Shartnomaviy majburiyat bo‘yicha tuyaqush jo‘jasini olib kelishi kerak emasmidi? Vaholanki, u timsoh bolalarini O‘zbekistonga olib kirish taqiqlanganini yaxshi bilardi. Nima emish, timsohni katta qilib, uning terisini sotarmish.

Shuningdek, 180 ming dollarni Pokistonga qimmatbaho toshlar bilan shug‘ullanuvchi firmaga o‘tkazib bergan. Biz bunga qiziqqanimizda Pokistonda hech qanday tuyaqush boqilmasligi oydinlashdi. Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekistonni Pokistondagi elchixonasi yordami bilan ikki oydan ortiq muddatda olib borilgan muzokaralar natijasida o‘sha pullar yurtimizga qaytarildi”, — dedi IIV Tergov departamenti boshlig‘i o‘rinbosari Oybek Qulbekov.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 6
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 12
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 44
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 39
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 29
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 121
  • So'nggi yangiliklar
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 0
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 0
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 1
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 1
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 4
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 6
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 12
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 32
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 22
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 43
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 88
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 76
  • Bo‘limlar