“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 05:59
ЎЗO‘Z

Davlat xizmatlari markazi arzon uylar DXMlar orqali berilishi yuzasidan tushuntirish berdi

02 mar, 16:20 5 073 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Davlat xizmatlari markazi arzon uylar DXMlar orqali berilishi yuzasidan tushuntirish berdi Ma’lumki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi PF–5886-son Farmoniga muvofiq 2020 yil 1 martdan boshlab DXMlar yoki my.gov.uz portal orqali fuqarolarga subsidiyalar berish uchun ariza qabul qilish nazarda tutilgan. Davlat xizmatlari agentligi masala yuzasidan tushuntirish berdi:
Subsidiyalar ma’lum toifadagi fuqarolar uchun uylarni bozor narxida xarid qilishga beriladi. Ya’ni, arzon uylarga hech qanday aloqasi yo‘q.

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 9 fevraldagi 103-son qaroriga asosan 2017 – 2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi doirasida talabgorlarni tanlash bo‘yicha tuman (shahar) hokimligi huzuridagi komissiya subsidiya tayinlash bilan shug‘ullanmaydi.

Lekin, Farmon chiqishi bilan arzon uy-joylar dasturi yopilmagan! Hokimliklar fuqarolarni qabul qilmasliklari bo‘yicha qonunchilikda o‘zgartirish kiritilmagan. Shu sababdan, adashtirish kerak emas.

Arzon uy-joy uchun navbatlaringiz DXMlar orqali o‘zgartirilmaydi, markazni bu masalaga aloqasi yo‘q. Mazkur masalada mahalliy hokimiyatlarga murojaat etish lozim, deyiladi xabarda.

Endi subsidiya haqida qisqacha:
Farmonga ko‘ra ushbu subsidiyalar kam ta’minlangan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan shaxslarga ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal va (yoki) foizlarning bir qismini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.

Farmonda subsidiya to‘lash sxemasi ko‘rsatib o‘tilgan. Biroq, subsidiya tayinlash uchun fuqarolar aniq mezonlar doirasida tanlab olinadi va ulardan ariza bilan birga ma’lum hujjatlar jamlanmasini taqdim etish talab qilinadi.

Ushbu mezonlar, aniq muddatlar va tasdiqlovchi hujjatlar jamlanmasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlanishi kerak va shundan so‘nggina ushbu xizmat to‘liq ishga tushiriladi.

Biroq, hozirda Davlat xizmatlari agentligi tomonidan Markazlarda ariza qabul qilish imkoniyati yo‘lga qo‘yildi. Qaror qabul qilingandan keyin subsidiya oluvchilarni tanlab olish mezonlari tasdiqlanadi. Faqat qaror chiqishini kutish kerak.

Tushunishingizni so‘raymiz, subsidiyani to‘lash mezonlari tasdiqlanganidan so‘ng, rasmiy kanalimizda bu haqida zudlik bilan ma’lumot joylashtiriladi, deyiladi xabarda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 33
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 42
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 39
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 119
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 151
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 94
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 45
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 110
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 26
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 55
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 94
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 91
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 124
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 56
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 95
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 77
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 33
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 61
  • Bo‘limlar