“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 02:08
ЎЗO‘Z

Hukumat elektr hisoblagichlarga aloqador qaror qabul qildi

02 mar, 14:04 4 063 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Hukumat elektr hisoblagichlarga aloqador qaror qabul qildi Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik sub’ektlarini elektr tarmoqlariga ulash tartibini soddalashtirish va biznes muhitini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2020 yil 1 martdan boshlab shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq:
- elektr energiyasining barcha iste’molchilariga o‘rnatilgan elektr energiyasini hisobga olish priborlarini davriy qiyoslashdan o‘tkazish uchun “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati va uning tarkibidagi tashkilotlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish huquqi beriladi;

- “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati va uning tarkibidagi tashkilotlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilinganda, qiyoslashdan o‘tkazish bo‘yicha barcha xarajatlar mazkur tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Belgilab qo‘yilishicha:
elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish loyihasi doirasida nazarda tutilgan iste’molchilarning mazkur tizimga mos kelmaydigan elektr energiyasini hisobga olish priborlarini davriy qiyoslov muddati kelganda, ushbu priborlarni qiyoslovdan o‘tkazmasdan o‘rniga avtomatlashtirilgan tizimga mos keluvchi priborlar o‘rnatiladi;

elektr energiyasini hisobga olish priborlarini iste’molchilarni murojaatiga ko‘ra Davlat xizmatlari markazlari orqali faqat elektr energiyasini hisobga olish uskunasining sozligi yoki qo‘llashga yaroqliligi, metrologik tavsiflari bo‘yicha munozarali savollar tug‘ilganda qiyoslashdan o‘tkaziladi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining “Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish direksiyasi” mas’uliyati cheklangan jamiyatini “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining filialiga aylantirish, shtat jadvalini ko‘paytirish yo‘li bilan qayta tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.

Prezidentning “Mamlakatda biznes muhitini yanada yaxshilash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019 yil 20 noyabrdagi PQ-4525-son qaroriga muvofiq elektr ta’minoti tizimiga ulanish tartibotlarni soddalashtirish va muddatlarini qisqartirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish belgilangan.

Energetika vazirligi Adliya vazirligi, boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda quyidagilar nazarda tutilgan tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritishni tezlashtiradi:

- ulash bosqichlarini optimallashtirish va qurilish muddatlarini kamida yigirma besh kunga qisqartirish;
- tadbirkorlik sub’ektlarining quvvati 140kVt (!60kVA)gacha bo‘lgan elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha tabaqalangan muddatlarni belgilash;
- qurilish-montaj ishlari nihoyasiga yetkazilgandan so‘ng elektr qurilmalarini “tayyor holda” ulash bo‘yicha shartnomalarning namunaviy shakllarini tasdiqlash;
- o‘z vaqtida qurilish-montaj ishlarini bajarmagan tashkilotlarning majburiyat va javobgarligini belgilash.

Energetika vazirligi:
Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda 2020 yil 1 sentabrga qadar elektr ta’minoti tashkilotlarida yangi billing tizimini hamda resurslarni boshqarish, ishlab chiqarish va boshqarish jarayonlarini avtomatlashtirish tizimi (ERP)NI joriy etish bo‘yicha tanlovni belgilangan tartibda o‘tkazishga doir choralarni ko‘radi va yakunlanishini ta’minlaydi;

“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati va Adliya vazirligi bilan birgalikda loyihalash, qurilish-montaj va elektrotexnika mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi tashkilotlarni iste’molchilar tomonidan tanlash imkoniyatini beradigan hamda narxlarni raqobat asosida shakllantiradigan onlayn platforma 2020 yil 1 oktabrga kadar ishga tushirilishini ta’minlaydi.

Past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangidan qurish, modernizatsiya va rekonstruksiya qilish ishlarini jadallashtirish hamda qurilish-montaj ishlarini tannarxini pasaytirish maqsadida Energetika vazirligi va “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining:

Prezidentning “2017-2021 yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yanada modernizatsiya qilish va yangilash Dasturi to‘g‘risida” 2016 yil 23 noyabrdagi PK-2661-son qarori doirasida Obod qishloq, Obod mahalla, qishloq joylarda arzon uy joylar, shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylar qurish dasturlari, Hukumat topshiriqlari, prezidentning hududlarga amalga oshirilgan tashriflari doirasidagi topshiriqlar, fuqarolar murojaatlari asosida past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari va transformator punktlarini rekonstruksiya qilish, yangilarini qurish ishlari bajarilishini nazarda tutgan manzilli dastur shakllantirilib, amalga oshirish;

“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi tashkilotlar buyurtmasiga asosan “Energo-RES” MCHJ tomonidan elektr texnika uskunalari va qurilmalarini, shuningdek, butlovchi buyumlar va materiallarni hamda import tovarlarini (ishlar, xizmatlar)ni markazlashtirilgan tartibda xarid qilish;

iqtisodiy samaradorlikni baholagan holda “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining hududiy elektr tarmoqlari tashkilotlari tarkibida 2020 yilda temir-beton tayanchlari, metall va beton mahsulotlarini ishlab chiqarish sexlari va qurilish bo‘linmalarini tashkil etish;

“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi tashkilotlarga 0,4-6-10 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari va transformator punktlarini loyihalash va qurish ishlarini amalga oshirish huquqini berish bo‘yicha takliflari ma’qullandi.

Energetika vazirligi va “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda past kuchlanishli tarmoqlarni yangidan qurish, modernizatsiya va rekonstruksiya qilish bo‘yicha “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan ishlarni qabul qilish tartibini bir oy muddatda ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi.

Energetika vazirligi va “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda 2020 yil 1 dekabrga qadar:

- 35-110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari va podstansiyalarini 2021-2025 yillarda yangidan qurish, modernizatsiya va rekonstruksiya qilish dasturini;
- 0,4-6-10 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini 2022-2025 yillarda yangidan qurish, modernizatsiya va rekonstruksiya qilish dasturini moliyalashtirish manbalarini aniqlagan holda ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi.

Energetika vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” va “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatlarining “Qo‘shko‘pir elektrotexnika zavodi” MCHJ ustav kapitalidagi “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga tegishli 20,937 foiz hamda “Xorazm HETK” AJga tegishli 79,063 foiz ulushlarni “Energo-RES” MCHJga balans (qoldiq) qiymatida sotish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 24
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 30
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 29
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 100
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 147
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 94
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 18
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 68
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 17
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 42
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 74
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 69
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 100
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 43
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 84
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 64
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 24
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 53
  • Bo‘limlar