“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 02:07
ЎЗO‘Z

Bojxonachilar 7 bosh maymunning mamlakatdan yashirincha olib chiqishga bo‘lgan urinishni fosh etdi

02 mar, 12:13 2 882 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bojxonachilar 7 bosh maymunning mamlakatdan yashirincha olib chiqishga bo‘lgan urinishni fosh etdi Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
O‘z manfaatlarini barcha narsadan ustun qo‘yib, bojxona qoidalarini buzishga urinayotgan shaxslarning qilmishlari o‘z vaqtida fosh etilmoqda.
Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Oybek” chegara bojxona posti orqali qo‘shni mamlakatga o‘zining “Leksus RX 330” avtoulovida chiqib ketayotgan fuqaro B.A.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortdi va ushbu fuqaro o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Natijada, avtomashinada bojxonachilarning og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan va deklaratsiyada ko‘rsatilmagan, umumiy qiymati 100 million so‘mlik bir bosh “Oqpanja gibbon” va olti bosh “Yavana makakasi” turidagi maymunlar borligi aniqlandi.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Hozirda Toshkent hayvonot bog‘iga topshirilgan maymunlarning sog‘ligi veterinar-shifokorlar nazoratida bo‘lib, yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi 408-sonli Qonuni talablariga muvofiq, hayvonot dunyosi obektlarini olib kirish va olib chiqish belgilangan tartibda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari tomonidan beriladigan ruxsatnomalar asosida, Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
7 bosh maymun, olib chiqish




Mavzuga oid yangiliklar
  • Samarqandda maktab o‘quvchisi sinfdosh qizning akasi tomonidan “samosud” qilindi 19 мая, 18:11 213
  • Mansab pillapoyalari: unga kimlar munosib? 19 мая, 17:43 104
  • Angrenda yuk vagonlari relsdan chiqib ketdi 19 мая, 17:22 126
  • «Zudlik bilan 10 ming dollar yuboring, yo‘qsa qizingiz qamaladi...» 19 мая, 15:40 389
  • Ovoz holatiga salbiy ta’sir etuvchi mahsulotlar ma’lum qilindi 19 мая, 13:37 106
  • Toshkentda Gentra avtomashinasi ko‘prikdan quladi 19 мая, 12:30 124
  • So'nggi yangiliklar
  • Eron oliy rahnamosi prezident aviahalokatga uchraganiga munosabat bildirdi 20 мая, 01:37 14
  • Vitaliy Levchenko: "Bugun mag‘lubiyatga loyiq emas edik" 20 мая, 01:29 6
  • Samvel Babayan: "Bugungi futbol bayramida biz g‘olib bo‘ldik. Bunday derbilarda katta bo‘lganman" 20 мая, 01:22 5
  • Lavrov: Putin va Si Szinpin Xitoyning global xavfsizlik bo‘yicha tashabbusini muhokama qildi 20 мая, 00:08 9
  • Putin va Si Szinpin uchrashuvidagi "ishora" shtatlarda vahima uyg‘otdi 19 мая, 23:45 85
  • Putin Xitoy talabalariga qanday maslahat berdi? 19 мая, 23:20 54
  • Mirjalol Qosimov: "Bugun ochiq futbol guvohiga aylandik" 19 мая, 23:01 40
  • Ivan Boshkovich: "Jami 8 ta gol urilgan o‘yinda natija biz uchun ko‘ngildagidek bo‘lmadi" 19 мая, 22:45 42
  • Para dzyudochilarimiz Tbilisi Gran-prisini 5 ta medal bilan yakunlashdi 19 мая, 22:40 24
  • Sobiq razvedkachi: F-16 qiruvchilari Ukraina uchun la’natga aylanadi 19 мая, 22:30 310
  • APL. “Manchester Siti” ketma-ket 4 marta Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi 19 мая, 22:08 86
  • Erdo‘g‘on 1997 yilgi to‘ntarishda ayblangan generallarni afv etdi 19 мая, 21:45 104
  • Bo‘limlar