“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 18:30
ЎЗO‘Z

O‘ktam Barnoyev bosh vazirga o‘rinbosar bo‘ldi

29 fev, 07:30 3 484 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘ktam Barnoyev bosh vazirga o‘rinbosar bo‘ldi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘.I.Barnoyevni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmoni imzolandi.

«O‘ktam Isoyevich Barnoyev O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlansin va shu munosabat bilan Buxoro viloyati hokimi lavozimidan ozod etilsin», deyiladi farmonda.

27 fevral kuni Qonunchilik palatasi deputatlari O‘ktam Barnoyev nomzodini bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlash masalasini ko‘rib chiqqandi.

O‘ktam Barnoyev muqaddam Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan, 2008 yilning aprelidan 2010 yilning dekabrigacha Samarqand viloyati hokimi lavozimida faoliyat yuritgan. U 2016 yilning dekabridan buyon Buxoro viloyatiga hokimlik qilib kelayotgandi.

26 fevral kuni prezidentning «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga binoan hukumat ijro etuvchi tuzilmasida o‘zgarishlar ro‘y bergan, hujjat bilan bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi joriy etilgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi 08 мая, 17:30 18
  • Abituriyentlar avval test topshirib, keyin qayerda o‘qishni tanlaydi 08 мая, 17:13 27
  • Toshkentdagi Isroil elchixonasini yoqib yuborishga uringan talaba 5 yilga qamaldi 08 мая, 16:50 13
  • O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi 08 мая, 16:10 37
  • Shavkat Mirziyoyev urush faxriylarini ziyorat qildi 08 мая, 14:36 113
  • Onkolog tatuirovka ishqibozlarini jiddiy ogohlantirdi 08 мая, 10:35 66
  • So'nggi yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi 08 мая, 17:51 4
  • Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi 08 мая, 17:30 18
  • Abituriyentlar avval test topshirib, keyin qayerda o‘qishni tanlaydi 08 мая, 17:13 26
  • Toshkentdagi Isroil elchixonasini yoqib yuborishga uringan talaba 5 yilga qamaldi 08 мая, 16:50 13
  • Sirtqi ta’lim bosqichma-bosqich tugatiladi 08 мая, 16:30 32
  • O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi 08 мая, 16:10 37
  • “Chelsi” 2024 yilda kimlar bilan xayrlashadi? 08 мая, 15:49 27
  • Rossiya yana bir bor Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi 08 мая, 15:23 176
  • Trampning maxfiy hujjatlar bo‘yicha sud jarayoni keyinga qoldirildi 08 мая, 15:00 27
  • Shavkat Mirziyoyev urush faxriylarini ziyorat qildi 08 мая, 14:36 113
  • London: 9 mingga yaqin chechen Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda 08 мая, 14:30 224
  • Dunyodagi eng ko‘p millionerlar yashaydigan shaharlar e’lon qilindi 08 мая, 13:37 112
  • Bo‘limlar