“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 08:45
ЎЗO‘Z

Maktablarda variativ o‘quv rejalar doirasida majburiy fanlar soni 9taga oshirildi

28 fev, 16:08 3 995 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Maktablarda variativ o‘quv rejalar doirasida majburiy fanlar soni 9taga oshirildi Joriy yilning 20 fevral kuni xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov “Xalq ta’limi vazirining 2019 yil 28 dekabrdagi 405-buyrug‘i bilan tasdiqlangan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida variativ o‘quv rejalarini tajriba-sinovdan o‘tkazish bo‘yicha tavsiyaga o‘zgartirishlar kiritishlar to‘g‘risida”gi buyrug‘ini imzoladi.

Vazirlik xabariga ko‘ra, 2019-2020 o‘quv yilining uchinchi choragidan boshlab, tajriba sifatida 10-11-sinflarda fanlar ixtiyoriy tanlov asosida o‘qitila boshlandi. Tajriba sinov 2019-2020 o‘quv yili yakuniga qadar o‘tkaziladi.

Variativ o‘quv rejalarini joriy qilishdan maqsad o‘quvchilarning o‘zi qiziqqan fanlarni chuqur o‘rganishiga sharoit yaratish, maktab bitiruvchilarining oliy o‘quv yurtiga kirish imtihoniga tayyorgarlik ko‘rishini ta’minlash va yuqori sinflarda o‘quv jarayonini kasblarga yo‘naltirilgan holda tashkil etishdan iborat.

Variativ o‘quv rejalarining joriy qilinishi ixtiyoriy bo‘lib, maktabda tanlov sinfini tashkil etishda yuqori malakali, tajribali o‘qituvchilarning mavjudligi inobatga olinadi.

Hujjatga ko‘ra, variativ o‘quv rejalar doirasida majburiy fanlar qatoriga chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani kiritilmoqda.
Avval ona tili va adabiyoti, o‘zbek tili/rus tili, chet tili, tarix, matematika, informatika, ma’naviyat asoslari (tarbiya), jismoniy tarbiya fanlari majburiy fanlar qatorida o‘qitilar edi.

Yana bir majburiy fanning joriy etilishi natijasida tanlov fanlariga ajratilgan soatlarga o‘zgartirishlar kiritildi.
Endilikda majburiy fanlarga ajratilgan soatlarning miqdori tayanch o‘quv rejada belgilangan miqdordan — 10-sinfda jami 20,5 soatdan, 11-sinfda 21 soatdan — kam bo‘lmasligi lozim (avval 10-sinfda jami 19 soatdan, 11-sinfda 19,5 soatdan).

Tanlov sinfida tanlov fanlari uchun haftada 10-sinfda jami 9,5 soat (avval 11 soat), 11-sinfda 10 soat ajratiladi.
Tanlov sinfida tanlov fanlari uchun ajratilgan soatlarni yo‘nalishlar bo‘yicha tegishli fanlar uchun quyidagicha taqsimlash tavsiya etiladi:

Xorijiy til va filologiya yo‘nalishida: 10-sinfda “Chet tili” fani 4,5 soat, “Ona tili va adabiyoti” fani 5 soat, 11-sinfda “Chet tili” fani 4 soat, “Ona tili va adabiyoti” fani 6 soat o‘qitilishi mumkin;

Moliya – iqtisod yo‘nalishida: 10-sinfda “Matematika” fani 5 soat, “Chet tili” fani 4,5 soat, 11-sinfda “Matematika” fani 5 soat, “Chet tili” fani 5 soat o‘qitilishi mumkin;

Texnologiya yo‘nalishida: 10-sinfda “Matematika” fani 3,5 soat, “Fizika” fani 6 soat, 11-sinfda “Matematika” fani 4 soat, “Fizika” fani 6 soat o‘qitilishi mumkin;

Tabiiy fanlar yo‘nalishida: 10-sinfda “Biologiya” fani 4,5 soat, “Kimyo” fani 5 soat, 11-sinfda “Biologiya” fani 5 soat, “Kimyo” fani 5 soat o‘qitilishi mumkin;

Gumanitar yo‘nalishida: 10-sinfda “Tarix” fani 4,5 soat, “Ona tili va adabiyoti” fani 5 soat, 11-sinfda “Tarix” fani 5 soat, “Ona tili va adabiyoti” fani 5 soat o‘qitilishi mumkin.

Maktablar imkoniyatini hisobga olgan holda yanvar oyi davomida o‘quvchilar orasida o‘tkazilgan so‘rovnomalar natijasiga ko‘ra variativ o‘quv rejalar respublika bo‘yicha jami 627 ta (maktablarning umumiy soniga nisbatan — 6,3 foiz) umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tajriba-sinovdan o‘tkazilmoqda.

Mazkur maktablarning 10-11-sinflarida jami 1 035 ta (10-11 sinflarning umumiy soniga nisbatan 2,8 foiz) tanlov sinflari (10-sinflarda 565 ta, 11-sinflarda 470 ta) tashkil etildi.

Mazkur sinflarda jami 27 166 nafar (10-sinf: 15 477 nafar, 11-sinf: 11 689 nafar) o‘quvchi ta’lim olmoqda.
So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishida 328 ta tanlov sinfi tashkil etildi va ularda 8 785 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.

Moliya-iqtisod yo‘nalishida 6 106 nafar o‘quvchi o‘qish istagini bildirdi. Natijada, 251 ta tanlov sinfi tashkil etildi.
Xorijiy til va filologiya yo‘nalishidagi 195 ta tanlov sinfida 5397 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.

Tabiiy fanlar yo‘nalishidagi 134 ta tanlov sinfi tashkil etildi va ularda 3473 nafar o‘quvchi qabul qilindi. 3 405 nafar o‘quvchilar texnologiya yo‘nalishidagi 127 ta tanlov sinflarda bilim olmoqda.
fanlar, maktab




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi 07 мая, 08:15 2
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 58
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 79
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 27
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 213
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 90
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoy, Fransiya va Yevropa Ittifoqi yetakchilari Isroildan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi 07 мая, 07:25 1
  • G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi 07 мая, 06:58 21
  • HAMAS G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifni qabul qildi 07 мая, 06:30 39
  • Gvardiola: Sizlar xomsemiz o‘yinchilar jamoasisiz! 07 мая, 06:00 93
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 58
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 87
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 26
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 276
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 117
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 69
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 108
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 238
  • Bo‘limlar