“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 09:34
ЎЗO‘Z

Prezident Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishmoqda

28 fev, 13:09 3 003 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishmoqda Prezident Shavkat Mirziyoyev 28 fevral kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani «Avayxon» mahallasida bunyod etilayotgan ko‘p qavatli uy-joylarni ko‘zdan kechirdi.

Bu yerda jami 1 ming 120 ta xonadondan iborat 17ta ko‘p qavatli uylar qurilishi loyihalashtirilgan. Bugungi kunda 5ta turar joy qad rostlab, ichki pardozlash ishlari olib borilmoqda.

Davlat rahbari xonadonlardan birini kirib ko‘rdi, uylarning qurilish texnologiyasi va energiya tejamkorligiga e’tibor qaratdi.
«Tashqi devorlar bazalt materiali bilan qoplangani ob-havo ta’sirini kamaytirib, xonadonlarning qishda isiq, yozda salqin bo‘lishini ta’minlaydi. Yana bir samarali tomoni – bu to‘liq mahalliylashtirilgan mahsulot», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Prezident mahalliy materiallarni ko‘proq ishlatib, uylarning narxini arzon qilish, ularni turli soha vakillari bilan birga kam ta’minlanganlarga ham ajratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Kredit muddatini uzaytirish, ijaraga berish orqali kambag‘al oilalarni qo‘llab-quvvatlash muhimligini ta’kidladi.

«Shaharlarda odamlar kommunal xizmatlar sifatsizligidan norozi. Binolarni ekspluatatsiya qiladigan barqaror tashkilotlar, malakali kadrlar yetishmaydi. Yangi ob’ektlar eski tarmoqlarga ulab qo‘yiladi. Butun kvartal birdaniga uzoqdagi stansiyadan isitiladi. Aslida, aql bilan qilinsa, kommunal to‘lovlarni 50 foizgacha arzonlatish mumkin», - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Yangi mavzeda avtonom issiqlik stansiyasi qurish, imoratlarni ekspluatatsiya qiladigan va sifatli xizmat ko‘rsatadigan zamonaviy shirkat tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Hududda yana bir nechta 9, 16 va bitta 25 qavatli turar joy barpo etilishi rejalashtirilgan. Loyihada zamonaviy qurilish normalari bilan birga milliy qadriyatlarimiz, turli marosimlar uchun qulayliklar ham inobatga olingan. Barcha uylarni 2020 yil sentabrda foydalanishga topshirish mo‘ljallangan.

Shuningdek, maktab, bolalar bog‘chasi, dam olish va sport maydonchalari, bolalar o‘yingohlari, ko‘p qavatli avtoturargoh barpo etilishi loyihalashtirilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 0
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 38
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 64
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 211
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 95
  • «Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi 01 мая, 20:53 38
  • So'nggi yangiliklar
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 0
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 1
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 0
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 0
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 3
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 80
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 51
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 79
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 38
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 64
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 64
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 97
  • Bo‘limlar