“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 00:58
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev: 4—5 million aholimiz kambag‘al, ularning kunlik daromadi 10—13 ming so‘mdan oshmayapti

27 fev, 23:25 3 872 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev: 4—5 million aholimiz kambag‘al, ularning kunlik daromadi 10—13 ming so‘mdan oshmayapti Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 27 fevral, payshanba kuni, tadbirkorlikni rivojlantirish orqali kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlar bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, kambag‘allik O‘zbekistonda ko‘p yillar «yopiq mavzu» bo‘lib keldi. 2020 yil 24 yanvar kuni Oliy Majlisga Murojaatnomada davlat rahbari bu haqda ochiq-oydin gapirdi va tarixda birinchi marta kambag‘allikni qisqartirish ustuvor vazifa sifatida belgilandi.
Videoselektor yig‘ilishida shu boradagi ishlarni tizimli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

- "Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 12—15 foiz yoki 4—5 million aholimiz kambag‘al. Bu ularning bir kunlik daromadi 10—13 ming so‘mdan oshmayapti, degani. Yoki bir oilada mashina ham, chorva ham bo‘lishi mumkin, lekin bir kishi og‘ir kasal bo‘lsa, oila daromadining kamida 70 foizi uni davolatishga ketadi. Xo‘sh bunday oilani o‘ziga to‘q deyish mumkinmi? Prezident sifatida meni odamlarimizning ovqatlanishi, davolanishi, bolalarini o‘qitishi, kiyintirishi kabi hayotiy ehtiyojlari nima bo‘layapti, degan savol har kuni qiynaydi", - deydi Shavkat Mirziyoyev.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish borasidagi ishlarni samarali amalga oshirish maqsadida Prezidentning 2020 yil 18 fevraldagi farmoni hamda qaroriga muvofiq, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tashkil etildi. Mahalla, tuman (shahar), viloyat, respublika darajasida tadbirkorlikni rivojlantirish va kambag‘allikni kamaytirishga mas’ul lavozimlar joriy qilinib, vertikal tizim yaratildi.

Shuningdek, bosh vazirning moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi hamda hukumatda alohida kotibiyat tashkil etildi.

«Kambag‘allikni kamaytirish oylik yoki nafaqa miqdorini ko‘paytirish, yoppasiga kredit berish, degani emas. Buning uchun, eng avvalo, aholini kasbga o‘qitish, moliyaviy savodxonligini oshirish, odamlarda tadbirkorlik hissini uyg‘otish, infratuzilmani yaxshilash, farzandlarini o‘qitish, sifatli davolanish, manzilli nafaqa to‘lash tizimini joriy qilish kerak», — dedi davlat rahbari.

Shu maqsadda Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon banki va boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan kambag‘allikka qarshi kurashishning o‘rta va uzoq muddatli strategiyasi ishlab chiqilmoqda.

Qayd etilishicha, xalq farovonligini oshirish maqsadida «Har bir oila — tadbirkor», «Yoshlar — kelajagimiz», «Obod qishloq», «Obod mahalla», tomorqani rivojlantirish kabi dasturlar qabul qilindi. O‘tgan ikki yil davomida birgina oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida budjetdan qariyb 10 trillion so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi.
Shavkat Mirziyoyev, aholi, kambag‘al




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 0
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 198
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 65
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 104
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 147
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 42
  • So'nggi yangiliklar
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 0
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 2
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 14
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 24
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 32
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 80
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 72
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 101
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 345
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 120
  • 17 yoshli hindistonlik Dommaraju jahon shaxmat toji uchun kurashadi 27 apr, 20:29 61
  • Qozog‘iston “Tolibon” uchun raqamli boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va afg‘on maktablarini internetga ulashga tayyor 27 apr, 20:00 36
  • Bo‘limlar