“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 02:47
ЎЗO‘Z

Ipotekali kredit oluvchi fuqarolarga qo‘yiladigan talablar ma’lum qilindi

28 fev, 00:23 5 384 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ipotekali kredit oluvchi fuqarolarga qo‘yiladigan talablar ma’lum qilindi Markaziy bank aholiga ipoteka krediti berishining yangi tartibida ipoteka krediti oluvchilar va kreditlovchi banklarga qo‘yilgan talablarni ma’lum qildi.

Ipoteka krediti oluvchilarga quyidagi talablar qo‘yildi:
- ipoteka krediti kredit olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga to‘lgan va 50 yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi;
- ipoteka krediti bo‘yicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni to‘lov jadvaliga muvofiq har oyda qaytarish imkoniyatiga ega bo‘lgan doimiy ish joyiga, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xo‘jaligidan yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga ega bo‘lishi;
- qarz oluvchining barcha kreditlari va mikroqarzlari (jumladan olinadigan ipoteka krediti) bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lovlari, ya’ni qarz yuki ko‘rsatkichi miqdorining qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarning tasdiqlangan o‘rtacha oylik daromadiga nisbati 70 foizdan yuqori bo‘lmasligi;
- ipoteka krediti ajratish haqidagi arizani ko‘rib chiqish vaqtida kredit tashkilotlaridan avval olgan kreditlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmagan jismoniy shaxslar ipoteka krediti olishlari mumkin.

Ipoteka krediti berishda ishtirok etuvchi banklarga talablar:
- yangi tartib doirasida ipoteka kreditlarini ajratish yuzasidan aniq belgilangan ichki tartibi ishlab chiqilganligi;
- “Fitch Ratings” yoki “Standard & Poor’s” xalqaro reyting agentliklarining
“V” darajasidan yoki “Moody’s Investors Service” reyting agentligining
“V2” reytingidan past bo‘lmagan darajada uzoq muddatli kredit reytingiga ega bo‘lishi;
- oxirgi uch yillik moliyaviy hisobotlariga auditorlik tashkilotining ijobiy xulosasi mavjudligi;
- davlat budjeti mablag‘lari, shu jumladan Moliya vazirligi tomonidan yangi tartibga muvofiq joylashtirilgan moliyaviy mablag‘lar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi bo‘lmasligi;
- Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan prudensial normativlarni buzilganligi sababli unga nisbatan ipoteka kreditlarini berilishiga to‘sqinlik qiluvchi amaldagi chora va sanksiyalari mavjud bo‘lmasligi;
- regulyativ kapitali 500 mlrd. so‘mdan kam bo‘lmagan tijorat banklari yangi tartib doirasida kreditlashda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 11
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 64
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 74
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 28
  • May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi 30 apr, 19:30 156
  • Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi 30 apr, 19:13 57
  • So'nggi yangiliklar
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 49
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 11
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 36
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 40
  • U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin 30 apr, 23:15 58
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 31
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 246
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 64
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 65
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 74
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 115
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 28
  • Bo‘limlar