“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 06:23
ЎЗO‘Z

Tracker mingan mast haydovchi YPX xodimiga 1 902 000 so‘m pora berayotganida ushlandi

27 fev, 08:30 3 053 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tracker mingan mast haydovchi YPX xodimiga 1 902 000 so‘m pora berayotganida ushlandi Foto: www.google.com
Sirdaryo viloyati IIB YHXB yo‘l-patrul xizmati katta inspektori U.Eralov 24 fevral, dushanba kuni, belgilangan taqsimot asosida Sirdaryo tumanida xizmat olib borayotganida, haydovchi U.A. boshqaruvidagi Trackerʼni o‘rnatilgan tartibda to‘xtatgan.

O‘zbekiston IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi axborotiga ko‘ra, mashinani boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarni tekshirish va muloqot jarayonida haydovchining og‘zidan spirtli ichimlik hidi kelayotganligi ma’lum bo‘lgan.

Inspektor haydovchini mastlik holatini aniqlash maqsadida tibbiy ko‘rikka taklif etgan. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan vaqtda haydovchining mast holatda ekanligi o‘z tasdig‘ini topgan.

Inspektor ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirib, mashinani vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirgan. Shundan so‘ng haydovchi mashinani jarima maydonchasidan chiqarib berish evaziga YPX inspektoriga 2 million so‘m pora taklif etgan.

Xodimning bildirgisiga ko‘ra, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida haydovchi U.A. YPX inspektori Eralovga 1 902 000 so‘mni pora tariqasida berayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan IIV O‘z xizmati boshqarmasi Sirdaryo viloyati bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi IIV YHXBB axborotida.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 35
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 71
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 24
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 208
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 85
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 40
  • So'nggi yangiliklar
  • Gvardiola: Sizlar xomsemiz o‘yinchilar jamoasisiz! 07 мая, 06:00 0
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 35
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 57
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 20
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 169
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 78
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 52
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 72
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 196
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 82
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 65
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 64
  • Bo‘limlar