“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 13:33
ЎЗO‘Z

Sobiq bosh prokuror Otabek Murodovga nisbatan hukm chiqarildi

25 fev, 16:50 3 818 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sobiq bosh prokuror Otabek Murodovga nisbatan hukm chiqarildi Bugun O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi va boshqa moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblangan sobiq bosh prokuror Otabek Murodov hamda DXX sobiq raisi I.Abdullayev va uning o‘rinbosari J.Igamovlarga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.

O‘tkazilgan yopiq sud majlisida sudlanuvchilarning, yetmishdan ortiq jabrlanuvchi va guvohlarning ko‘rsatmalari tinglanib, muhokama qilindi. Dastlabki tergov organi tomonidan to‘plangan dalillarga baho berilib, sudlanuvchilarning vajlari tekshirildi.

Sud jinoyat ishi materiallarini har tomonlama va to‘liq o‘rganib, sudlanuvchi O.Murodovni bir qator jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topdi.

Sudlanuvchi O.Murodovga nisbatan jazo chorasini belgilashda sud O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va jinoyat qonunchiligida belgilangan insonparvarlik va adolat tamoyillariga ham asoslandi.

Xususan, sudlanuvchining sodir etgan jinoyatlari uchun chin ko‘ngildan pushaymon ekanligi va jinoiy qilmishlarni fosh qilishda faol yordam berganligi hamda jinoyat oqibatida yetkazilgan zarar to‘la qoplanganligi e’tiborga olindi.

Natijada, sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi, sudlanuvchining shaxsi, oilaviy ahvoli, yashash joyidan ijobiy tavsiflangani kabi jazoni yengillashtiruvchi holatlar e’tiborga olinib, O.Murodovga 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Shuningdek, sudning hukmiga ko‘ra, I. Abdullayevga 19 yil, J. Igamovga 19 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, har biri muayyan muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilindi.

Eslatish joizki, Otabek Murodov O‘zbekiston tarixidagi eng yosh bosh prokuror bo‘lib, u 2018 yil 31 yanvaridan 2019 yilning 20 iyunigacha mahkamaga rahbarlik qilgan.
Otabek Murodov, bosh prokuror, hukm




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 16
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 216
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 180
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 241
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 55
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 255
  • So'nggi yangiliklar
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 0
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 0
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 1
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 7
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 13
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 21
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 16
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 29
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 46
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 118
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 170
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 46
  • Bo‘limlar