“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 10:26
ЎЗO‘Z

To‘y o‘tkazish tartibini buzganlik uchun qancha jarima solinishi ma’lum bo‘ldi

25 fev, 15:28 4 358 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
To‘y o‘tkazish tartibini buzganlik uchun qancha jarima solinishi ma’lum bo‘ldi Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasini ko‘rib chiqdi.

Kun.uz nashri xabariga ko‘ra, loyiha Qonunchilik palatasi Kengashining va Senat Kengashining 2019 yil 14 sentabrdagi Qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarning ixcham o‘tkazilishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturiga asosan tayyorlangan.

Qonun loyihasi bilan to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazish tartibiga qo‘yiladigan umumiy talablarga rioya qilmaslik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanishi ko‘zda tutilmoqda.

Ushbu tartibni mazkur tadbirlarni o‘tkazuvchi shaxs tomonidan buzish – bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari (2 230 000 so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi nazarda tutilyapti. To‘yxona, kafe va restoranlarning mansabdor shaxslari tomonidan bu tartibning buzilishi esa, bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari (6 690 000 so‘m) miqdorida jarima solishga olib keladi.

Nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari (11 150 000 so‘m)miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi belgilanmoqda.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan konseptual jihatdan qabul qilindi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 0
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 108
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 111
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 215
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 54
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 68
  • So'nggi yangiliklar
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 0
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 2
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi 05 мая, 09:51 8
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 83
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 136
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 67
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 42
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 98
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 77
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 42
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 108
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 409
  • Bo‘limlar