“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 21 2024, 05:56
ЎЗO‘Z

Tilamchi qizchaning ko‘zlari...

25 fev, 11:17 4 631 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tilamchi qizchaning ko‘zlari... Buxorodagi “Pokiza insonlar” aksiyasini yakunlab, Toshkentga qaytish arafasidamiz. Bir joyda to‘xtab, xaydovchi tushib ketdi. Salonda dugonam ikkimiz. Mashina oynasini kimdir "tik-tik" etib chertdi. Tashqarida bir qizcha turar, bir narsalar derdi.

Oynani tushirib, unga qarab qoldim, u esa qo‘lini cho‘zgancha tojikcha bir nimalar der. Tushunganim xudo yo‘liga sadaqa ber, chiroyli degani bo‘ldi. O‘zi tilanchilarga bermayman sadaqa. Ehson qutisiga tashlayman ko‘pincha. Lekin bu qiz, uni ko‘zlari... Yashil deymi yoki xaki rang... Ko‘zlari tiniq, dardli edi. Cho‘ntagimdan pul chiqarib berdim. Ko‘zim uni ko‘zlarida. U esa bir nimalar deb duo qilar.

-Qiziy, ko‘zlaring chiroyli ekan o‘zingga o‘xshab!
-Rahmat, apajon, siznikiyam chiroylik...

U ketdi. Ortiga o‘girila-o‘girila, yuzida xayronalik. Ishonchim komil, shu paytgacha bironta odam unga bunday demagan. Bir yoshi katta ayolni yoniga bordi. Onasi deb o‘yladim.
Biroz kuzatgach, mashinadan tushib, o‘sha ayolni oldiga bordim. Uni qo‘lida chaqaloq. Ro‘mollar o‘rab olgan, oriqqina.

-Assalomu alaykum, kenayi! Sizni qizizmi? dedim tabassum bilan.
-Assalom! Yo‘q, jiyanim. Onasi o‘lib ketgan. 4 bola qoldi. Man o‘zimni bollarim bilan qarayapman.

-Tilanchilik qilibmi? Ishlasangiz bo‘lmaydimi?
-Bolalarim yosh (doimiy gaplar...).

-Bu qizni ko‘zlari buncha chiroyli ekan. Maktabga nega bormayapti?
-Endi boradi. Qarashyapti menga.

Qiz hadiksirab turibdi. Unga yuzlanib:
-Xoy asal qiz, kim bo‘lmoqchisan katta bo‘lsang? Biror narsaga qiziqasanmi?
-Tikuvchi bo‘lgim keladi. Lekin tikishni bilmayman-da.

-Xechqisi yo‘q, o‘rganib olasan! Chiroyli ko‘ylaklarni dizaynini yaratasan. Hali judayam baxtli qiz bo‘lib ketasan-ki. Zo‘r bulib ketasan, eng go‘zali bo‘lasan! Faqat o‘qigin, xo‘pmi, asalim?

Qizni tomog‘iga bir nima qadalib qoldi. Ko‘zlari qizarib ketayapti. Yutinib, zo‘rg‘a:
-Xo‘p! dedi...
Ko‘z tegmasin senga deb xayrlashdim.

To‘g‘ri, u lo‘lidir. Lekin u ham inson. U ham baxtga, komillikka, yaxshi gapga arzirli odam bolasi. Ko‘zlari chiroyli, dardli, qiz...
Qizlarga, ilm bering, mehr bering!

Manba: Azon.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda bo‘lishi nomaqbul chet elliklar ro‘yxati yuritiladi 20 sen, 21:47 12
  • Hokim va mahalliy Kengash raisi lavozimlari bir-biridan ajratildi 20 sen, 21:00 21
  • Ona duosini olmagan kishining nadomatlari (Hayotiy hikoya) 20 sen, 20:30 14
  • Psixologik yordam ko‘rsatish faoliyatini tartibga soluvchi qonun ma’qullandi 20 sen, 20:05 9
  • Ikki murg‘ak qalb onasi bilan uyga kiritildi 20 sen, 18:00 14
  • M25 konida halok bo‘lganlarning yaqinlari: “Yigitlarni o‘limning og‘ziga olib borishgan” 20 sen, 17:30 50
  • So'nggi yangiliklar
  • Eron Haniyaning o‘limi uchun Isroilga tez orada javob berishga va’da berdi 20 sen, 23:34 13
  • Osiyoda NATOning o‘xshashi tashkil etilishi mumkin 20 sen, 23:19 9
  • Xose Venansio Lopes: "Ropiyevning qizil kartochkasi barchasini o‘zgartirib yubordi. Men shartnomamni shu yerda yakunlayman" 20 sen, 23:12 8
  • Sergey Lushchan: "O‘yinimiz "nol". Hujumga deyarli o‘ta olmadik" 20 sen, 22:54 7
  • Zelenskiy: Ikkinchi tinchlik sammiti urushga chek qo‘yishi kerak 20 sen, 22:30 7
  • Avstraliya terma jamoasi bosh murabbiysiz qoldi 20 sen, 22:08 8
  • Futzal. O‘zbekiston Kosta-Rikaga ham mag‘lub bo‘lib, turnirni guruh bosqichida yakunladi 20 sen, 22:03 7
  • O‘zbekistonda bo‘lishi nomaqbul chet elliklar ro‘yxati yuritiladi 20 sen, 21:47 12
  • Amerikada erkak 18 yil birovning “svet”iga pul to‘lab kelgani aniqlandi 20 sen, 21:23 13
  • Hokim va mahalliy Kengash raisi lavozimlari bir-biridan ajratildi 20 sen, 21:00 21
  • Ona duosini olmagan kishining nadomatlari (Hayotiy hikoya) 20 sen, 20:30 14
  • Psixologik yordam ko‘rsatish faoliyatini tartibga soluvchi qonun ma’qullandi 20 sen, 20:05 9
  • Bo‘limlar