“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 14:27
ЎЗO‘Z

Sifati kafolatlanmagan mahsulotlarni yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinishlar fosh bo‘ldi

24 fev, 19:19 2 428 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sifati kafolatlanmagan mahsulotlarni yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinishlar fosh bo‘ldi Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Keles” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan tamaki va sifati kafolatlanmagan oziq-ovqat mahsulotlari, tibbiyot buyumlari hamda tovar-moddiy boyliklarni noqonuniy yo‘llar bilan olib kirishga bo‘lgan urinishlar o‘z vaqtida fosh etildi.

Jumladan, qo‘shni davlatdan kirib kelgan poyezd yo‘lovchilarining yuklarini belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazish vaqtida yo‘lovchi fuqaro K.R. umumiy qiymati 6 million so‘mlik 300 quti tamaki mahsulotlarini vagon o‘rindiqlari ostiga yashirib olib kelayotganligi aniqlandi.

Shunga o‘xshash yana bir holatda, mazkur poyezd yo‘lovchilari qo‘shni davlat fuqarolari Ye.S. va A.Ye.lar 1981 dona turli xil xo‘jalik tovarlari, yuvish vositalari hamda salkam 150 kilogramm og‘irlikdagi oziq-ovqat mahsulotlarini hamda 189 dona biologik faol qo‘shimchalarni vagon o‘rindiqlari ostiga yashirib olib kelayotganligi aniqlandi. Aniqlangan tovarlarning umumiy qiymati salkam 41 millon so‘mni tashkil qildi.

Shuningdek, “Moskva-Andijon” xalqaro yo‘lovchi poyezdi yo‘lovchilarining qo‘l yuklari tekshiruvi jarayonida fuqaro I.Q. umumiy qiymati 8,5 million so‘mlik 83 dona tilla va kumushdan ishlangan zargarlik buyumlari hamda qo‘l soatlarini vagon o‘rindiqlari ostiga yashirib olib kelayotganligi aniqlandi.

Mazkur poyezdning yana bir yo‘lovchisi fuqaro M.P. esa umumiy qiymati 24,2 millon so‘mlik 1341 dona turli xil tibbiyot buyumlarini vagonning xufiya joylariga bojxona nazoratidan yashirib olib kelayotganligi fosh etildi.
Hozirda yuqoridagi holatlar bo‘yicha bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 11
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 19
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 21
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 93
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 43
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 75
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 5
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 15
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 11
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 19
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 54
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 42
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 61
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 47
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 239
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 101
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 21
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 165
  • Bo‘limlar