“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 11:06
ЎЗO‘Z

Endi ipoteka kreditlari bozor stavkasi bo‘yicha taqdim etiladi

24 fev, 17:30 4 078 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Endi ipoteka kreditlari bozor stavkasi bo‘yicha taqdim etiladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrda PF-5886-son “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashning yangi tartibi joriy etiladi.

- Uy-joyning maydoni va narxiga cheklov o‘rnatilmaydi.
- Aholi birlamchi bozorda (yangi qurilgan) uy-joyni mustaqil tanlaydi (joylashgan joyi va maydonidan qat’iy nazar).
- Tadbirkorlik sub’ektlari uy-joylar loyihalarini buyurtmachi aralashuvisiz o‘zlari mustaqil ravishda tayyorlaydilar.
- Uy-joylar qurilishini o‘z mablag‘lari va bozor tamoyillariga asoslangan bank krediti hisobidan amalga oshiradilar.
- Ajratiladigan ipoteka kreditining eng ko‘p miqdorini aniqlash maqsadida Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi va Qurilish vazirligi har yili kvartira bir kvadrat metrining tegishli hududdagi o‘rtacha bozor qiymati hamda ikki va uch xonali kvartiralar maydonining eng kam me’yorlarini inobatga olgan holda uy-joylarning hisoblangan qiymatini belgilaydi.
- Ipoteka kreditining eng yuqori miqdori belgilanadi (uy-joylarning hisoblangan qiymatidan kelib chiqib).
- Kvartira qiymatining uy-joy hisoblangan qiymatidan oshgan va kredit bilan qoplanmagan qismi qarzdorning o‘z mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.
- Ipoteka kreditlari bozor stavkasi bo‘yicha taqdim etiladi.
- Ipoteka bozorini uzoq muddatli resurslar bilan ta’minlash maqsadida Moliya vazirligi pul mablag‘larini tijorat banklariga 15 yil muddatga bozor shartlari asosida joylashtiradi (resurlar miqdoriga cheklovlar yo‘q).
- Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaygan taqdirda ipoteka kreditlari va Moliya vazirligi resurslari foiz stavkalari pasayadi, ko‘tarilganda o‘zgarmasdan qoladi.

Tadbirkorlik sub’ektlariga o‘z mablag‘lari (bank kreditlari) hisobidan qurilgan birlamchi bozordagi kvartiralarini aholiga ipoteka kreditlari orqali sotish imkoniyati beriladi va buning uchun banklarga uzoq muddatli kredit resurslari ajratiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 4
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 44
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 36
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 74
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 371
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 105
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 4
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 33
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 4
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 75
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 44
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 44
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 159
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 66
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 127
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 74
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 320
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 144
  • Bo‘limlar