“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 02:21
ЎЗO‘Z

Chimildiqni «sovutgan» yigit

24 fev, 16:19 5 118 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Chimildiqni «sovutgan» yigit Ular 2017 yilda yaxshi niyatlar bilan turmush qurishgan edi. Oradan uch oy o‘tib Oston Qalandarov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) ishlash uchun Rossiyaga ketdi. Ketish arafasida turmush o‘rtog‘iga qimmatbaho telefon sovg‘a qildi. Oradan ikki-uch oy o‘tib, negadir har safar qo‘ng‘iroq qilganida ayoli kim bilandir suhbatlashayotgan bo‘lardi. «Dugonalarim» deb javob qaytarardi. Ularning kimligi haqidagi savol esa javobsiz qolardi.

Bahorda onasi Ostonga qo‘ng‘iroq qilib, kelin buvisinikiga ketib qolganini aytadi. 2018 yilning yozida uyga qaytgan Ostonga onasi bir necha telefon raqami yozilgan qog‘oz berdi: «Bu xotining gaplashib yurgan yigitlarning telefon raqamlari». O.Qalandarov janjal chiqarmaslik uchun qog‘ozni yoqib yubordi. Ayolini uyiga olib kelib, hech narsadan xabari yo‘qdek yashay boshladi.

Ayolining telefonini ishlatib yurgan Ostonga turli erkaklardan telefon qo‘ng‘iroqlari, SMS xabarlari kela boshladi. Bu haqda ayoliga aytganida «Mening hech narsadan xabarim yo‘q» deya yana buvisinikiga ketib qoldi. Bu orada u xotinining homiladorligidan xabar topdi. Ayolini uyiga olib qaytmoqchi bo‘ldi. Ammo u ko‘nmadi. Ayolining telegram kanalidagi ishqiy munosabatlar yozilgan xabarlarni o‘qib, Oston ich-etini yedi. Alamiga chiday olmay Qozog‘istonga ketib qoldi.

Ayol turmush o‘rtog‘iga har kuni qo‘ng‘iroq qilar, u bilan buvisinikida birga yashashni, tug‘ilajak farzandiga birga g‘amxo‘rlik qilishni so‘rardi. Ayolning yig‘i aralash ovozlari erining ko‘nglini battar o‘rtadi. Oston bag‘rikeng yigit ekan. U buvinikida yashashga qaror qildi. 2019 yilning bahorida o‘g‘illi bo‘lishdi. Shundan so‘ng kelinning ota-onasi «Endi tinch yashaysizlar» degan niyat bilan ularni O.Qalandarovning uyiga olib borishdi. Tinch hayot uzoq cho‘zilmadi.

Oston mardikorlik qilib ro‘zg‘or uchun pul topish maqsadida chiqib ketgan edi. Otasi qo‘ng‘iroq qilib, kelin ketib qolganini aytdi. Qaynotasiga qo‘ng‘iroq qilgan yigit ayoli ularnikiga ham bormaganini bildi. Yana buvisinikiga ketgan.

Yigitning alamlari qo‘zigandan qo‘zidi. Ishlayotgan joyidan temir qoziqni olib, ayolini qo‘rqitib qo‘yish uchun otlandi.

Buvi kuyovni yaxshi kutib olmadi. «Nevaramga azob berayapsan, uyimga qaytib kelma» deya kuyovning yoqasiga yopishdi. Yuvilaverib yupqalashib ketgan eski futbolka yirtildi. Oston jahl bilan buvining yuziga tarsaki tushirdi. Ichkaridan yugurib chiqqan xotinini qoziq bilan urdi. Ikkalasi ham yiqildi. O.Qalandarov ichki ishlar bo‘limi tomon yo‘lga tushdi…

Ichki ishlar xodimlari yetib kelganida buvi hushsiz yotar, ayol olamdan ko‘z yumgandi.
Oila boshlig‘i sud hukmi bilan 11 yilu 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Ayol o‘ldi. Chaqaloq yetim qoldi.

Ushbu qotillik ro‘y bermasligi mumkinmidi? Yigit xorijda sarson-sargardon yurmasdan, yosh kelinchakni tashlab ketmasdan, shu yerda ish topganida, balki bu fojia bo‘lmasmidi. Ammo vaqtni ortga qaytarishning iloji yo‘q. Bundan boshqalar xulosa chiqarishi kerak.

Manba: Huquq.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 12
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 60
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 18
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 198
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 83
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 39
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 12
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 27
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 9
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 59
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 43
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 33
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 36
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 141
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 70
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 57
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 55
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 140
  • Bo‘limlar