“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 23:35
ЎЗO‘Z

Nigora Hakimova: «Ayolni tarbiyalay olsak, to‘ylar bo‘yicha qarorga ham hojat qolmasdi»

23 fev, 20:52 3 487 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Nigora Hakimova: «Ayolni tarbiyalay olsak, to‘ylar bo‘yicha qarorga ham hojat qolmasdi» Videodan skrinshot
Jamiyatda ayolni tarbiya qila olsak, buning ortidan ko‘p muammolar o‘z-o‘zidan yechimini topib ketadi, deydi Oksford universitetining Islomshunoslik markazi tadqiqotchisi Nigora Hakimova.

Kun.uz Angliyaga safari mobaynida Oksford shahrida ham bo‘lib, bu yerdagi nufuzli Islomshunoslik markazida ilmiy izlanish olib borayotgan ilk o‘zbekistonlik ayol bilan intervyu tashkil qildi.

– Ayol va ilm-fan. Bu masalada fikrlar turlicha. Masalan, ayol uyda ro‘zg‘or ishlari bilan mashg‘ul bo‘lishining o‘zi yetarli, degan qarash bor. Bu borada sizning fikringiz qanday?
– Bu masalada umumiy yakdil fikr yo‘q. Buni har bir ayol o‘z sharoiti, qobiliyatidan kelib chiqib hal qiladi. Agar oila, farzandlar, eri, erining qarindosh-urug‘lariga xizmat qilib, o‘zbekona chiroyli oilaning bekasi bo‘lishni tanlasa ham, jamiyat uchun juda katta foydasi tegadi, deya olamiz.

Lekin agar ayolning o‘zida qobiliyat, istak bo‘lsa, albatta bunday ayollarni qo‘llab-quvvatlash kerak, deb o‘ylayman. Chunki xohlaysizmi-yo‘qmi, oilada farzandlar tarbiyasi, ro‘zg‘orga qarash masalalarining katta qismi ayolning zimmasiga tushadi. Shuning uchun ham yon-atrofdagilarning qo‘llab-quvvatlashisiz ayol kishiga qiyinroq bo‘ladi.

O‘zimdan kelib chiqib aytadigan bo‘lsam, turmushga chiqmasimdan oldin ota-onam qanday qo‘llab-quvvatlagan bo‘lishsa, turmushga chiqqanimdan keyin xo‘jayinim, qaynona-qaynotam mening bu sohadagi faoliyatimni qo‘llab-quvvatlab kelishyapti. Ularning yordami bilan ilmiy ish qilishga, o‘zimning kichik bo‘lsa-da hissamni qo‘shishga harakat qilib kelyapman.

Qolaversa, islom dinida ilm olish har bir musulmon uchun farz. U xoh ayol kishi bo‘lsin, xoh uy bekasi yoki boshqa soha egasi – ilm olishi kerak. Hech bo‘lmaganda o‘ziga xos bo‘lgan ilm olish kerak – ayollarga, oila va farzandlar tarbiyasiga xos masalalar bor. Shuning uchun ilm olishni sohasidan qat’i nazar chegaralamasligimiz kerak. Uy bekasi bo‘lgan taqdirda ham, har bir ayolning kitob o‘qishga sharoiti bo‘lishi kerak, deb hisoblayman.

Jamiyatda ayolni tarbiya qila olsak, buning ortidan ko‘p muammolar o‘z-o‘zidan yechimini topib ketadi.

Hozir to‘ylarni ixchamlashtirishga, isrofgarchilik qilmaslikka katta e’tibor berilyapti. Lekin bunday olib qarasangiz, bularning hammasi ortida baribir ayol kishi turadi. Ayolni tarbiyalay olsak, bu haqda qaror qabul qilishga ham ehtiyoj qolmagan bo‘lardi, deb o‘ylayman.

Shuning uchun eng birinchi navbatda ayollarimizni tarbiyalashimiz kerak, ularni bilimga, kitobga bo‘lgan muhabbatini oshirishimiz kerak.

– Islomshunos olima sifatida ajralishlar soni oshib borayotganining sabablarini nimalarda ko‘rasiz?
– Afsuski, ajralishlar soni juda ham ko‘payib boryapti. Eng ko‘p tilga olinadigan sabablardan bittasi – «xarakterlarimiz to‘g‘ri kelmadi, bir-birimizni tushunmayapmiz» deyishadi. Balki, bu faqat umumiy bahona xolosdir.

Shuning uchun qaynona-qaynota yoki ajrim jarayonlarida bevosita qatnashadigan otinoyilarimiz kelin va kuyov bilan aynan fiqhiy masalalar bo‘yicha ham suhbatlar olib borishi kerak, deb o‘ylayman. Xarakterimiz mos kelmadi, degan umumiy bahonaning ostidagi asl sababni, muammo ildizi nimadaligini ochib berish ham ulardan mahorat, bilim va ko‘nikmalarni talab qiladi.

Qolaversa, ba’zida ayollar, ba’zida erkaklar juftida poklik masalasiga e’tibor bo‘lmaganini yashirib, ajralishga sabab sifatida umumiy bahonani aytishadi. Vaholanki, erkak va ayol munosabatlarida poklikning birinchi o‘rinda bo‘lishi – dinimizning eng asosiy ko‘rsatmalaridan hisoblanadi.

Bu sabab arzimasdek bo‘lib ko‘rinishi mumkin, lekin katta muammolar zamirida ham shu arzimas sabablar, dinimizdagi yo‘l-yo‘riqlarni bilmaslik yotgan bo‘lishi mumkin. Bu masalalarni avvalo ona, turmushdan keyin qaynona o‘rgatishi kerak.

Ba’zida onalarimizning o‘zlari hayo qilishadi, keyin ular qaynonaning qo‘liga borib tushadi, lekin qaynona ham qaysidir sabablarga ko‘ra bu narsadan uzoq bo‘lgani uchun yoshlar shu sabab bilan ajralish holatiga kelib qolayotgan bo‘lishi ham mumkin. Bu ham ajrim omillaridan biri.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 7
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 139
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 58
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 65
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 52
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 180
  • So'nggi yangiliklar
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 0
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 0
  • Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida 03 мая, 22:29 0
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 2
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 14
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 7
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 6
  • Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi 03 мая, 20:30 36
  • Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi 03 мая, 20:05 26
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 138
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 34
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 58
  • Bo‘limlar