“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 30 2024, 21:27
ЎЗO‘Z

Piyodalar yo‘laklarida tashqi reklama ob’ektlarini o‘rnatish taqiqlandi

23 fev, 08:01 2 964 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Piyodalar yo‘laklarida tashqi reklama ob’ektlarini o‘rnatish taqiqlandi «Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘risida»gi Hukumat qarori (104-son, 20.02.2020 y.) qabul qilindi. Bu haqda Huquqiy axborot ma’lum qilib o‘tdi.

Qarorga muvofiq, yer uchastkalaridagi tashqi reklama ob’ektlari uchun 10 yil muddatga, davlat mulki bo‘lgan bino va inshootlardagi tashqi reklama ob’ektlari uchun 5 yil muddatga DXMlar orqali reklama joylari pasportlarini berish bir martalik yig‘im summasini to‘lash orqali amalga oshiriladi.

Yer uchastkasiga o‘rnatilgan video ekranli tashqi reklama ob’ektlari uchun ko‘rsatilgan muddat qo‘shimcha 10 yil muddatga uzaytiriladi.
Hozirga qadar qonuniy o‘rnatilgan tashqi reklama ob’ektlarini mazkur qaror talablariga moslashtirish uchun 6 oy muddat berildi.

Ushbu muddatda moslashtirilmagan reklama ob’ektlari egalari tomonidan ixtiyoriy ravishda o‘z kuchi bilan olib tashlanadi (aks holda bu ish sud tartibida amalga oshiriladi).
2020 yil 1 martdan boshlab Toshkent shahrida tashqi reklamani joylashtirish sohasidagi faoliyatning alohida tartibi joriy qilinadi.

Bunda, tashqi reklama ob’ektlarini yer uchastkalarida joylashtirish huquqi («E-IJRO AUKSION» orqali) faqat yuqori texnologiyali tashqi reklama ob’ektlariga beriladi.
Qaror bilan tashqi reklama ob’ektlarini o‘rnatish taqiqlangan hududlar belgilandi. Jumladan, trotuar va piyodalar yo‘laklarida tashqi reklama ob’ektlarini o‘rnatish taqiqlanadi.

Qaror bilan tashqi reklama ob’ektlarini qurish tartibi, qurish uchun beriladigan yer, bino va inshootlar ro‘yxatini shakllantirish, qurish huquqini elektron auksion orqali berish tartibi to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 0
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 0
  • May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi 30 apr, 19:30 2
  • Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi 30 apr, 19:13 11
  • Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi 30 apr, 18:28 20
  • Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi 30 apr, 16:27 44
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 0
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 0
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 1
  • May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi 30 apr, 19:30 2
  • Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi 30 apr, 19:13 11
  • Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi 30 apr, 18:50 63
  • Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi 30 apr, 18:28 20
  • Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat 30 apr, 18:02 35
  • Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi 30 apr, 17:39 80
  • Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi 30 apr, 17:21 93
  • NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik” 30 apr, 17:00 116
  • Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi 30 apr, 16:46 82
  • Bo‘limlar