“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 11:40
ЎЗO‘Z

Ehtiyojmandlarga saxovat ko‘rsatilmoqda

22 fev, 09:47 2 788 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ehtiyojmandlarga saxovat ko‘rsatilmoqda Savob amallar inson umrini uzaytiradi, go‘zal qiladi. Kimningdir hojatini chiqarish, saxovat ko‘rsatish avvalo xalqimizga xos va mos fazilatdir. Shu ma’noda Majburiy ijro byurosi tizimida xizmat qilayotgan soha vakillari ham shunday ishlarga bel bog‘lashgan.

Tumandagi Katta Qani mahallasi Lutfiiy ko‘chasi, 42a-xonadonning tabiiy gazdan bo‘lgan qarzdorligi 5.000.000 so‘mni tashkil qilgan. Joriy yilning 25 yanvar kuni Byuroning Uchtepa tuman bo‘limi xodimlari tomonidan iste’molchilarning energiya resurslaridan foydalanish qoidalariga rioya qilinishi yuzasidan o‘tkazilgan monitoring tekshiruvida J.Egamberidiyevning xonadoni tarmoqdan uchirilganligini guvohi bo‘lishadi.

Xonadon 2018 yilning 22 oktabr kuni qarzdorlik sabab tarmoqdan uzilgan, hozirgi kunga qadar tabiiy gazdan foydalanmay kelayotganligi ma’lum bo‘ldi. O‘rganish davomida iste’molchi haqiqatdan ham qiynalganligi va yashash sharoiti og‘irligi tufayli hozirgi kunda kommunal to‘lovlarni o‘z vaqtida bartaraf etmagan.

Byuroning Uchtepa tuman bo‘limi xodimlari bu holatga qo‘l qovushtirib turmadi. Xonadonni qishning shunday sovuq kunlarida o‘tin yoki ko‘mir bilan isitishayotganini ko‘rib darhol saxovatpesha, savobtalab insonlarni qidirishga kirishdi. O‘zidan orttirib kimningdir og‘irini yengil qilaman deb niyat qilgan insonlar yo‘q emas. Aksincha ko‘p. Shunday saxovatli tadbirkorlardan biri astoydil bu ishga qo‘l urdi. Tabiiy gazdan bo‘lgan 5 mln. so‘mlik qarzdorlikni bir zumda to‘lab berdi. Byuroning tuman bo‘limi xodimlari esa shu zahotiyoq xonadonni yana tabiiy gaz tarmog‘iga ulab berishdi.

Shuningdek, joriy yilning 3 fevral kuni Uchtepa tumani, O‘rikzor mahallasi, G‘azalxon ko‘chasi, 35-uyda istiqomat qiluvchi fuqaroning xonadoni tegishli tartibda o‘rganilganda iste’molchi G.Rasulovaning tabiiy gazdan bo‘lgan qarzdorligi 500,0 ming so‘mni, tumandagi O‘rikzor mahallasi, Dilnavo ko‘chasi, 78-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro tegishli tartibda o‘rganilganda iste’molchi N.Yusufjonovaning tabiiy gazdan bo‘lgan qarzdorligi 2,0 mln. so‘mga yetgan.

Byuroning Uchtepa tuman bo‘limi davlat inspektori Ulug‘bek Razzoqovning va mahalla raislarining sa’yi harakatlari va saxiy homiylar tomonidan mazkur ijtimoiy himoyaga muhtoj ikki oilaning ham tabiiy gaz to‘lovlaridan bo‘lgan qarzdorligi to‘lab berildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 0
  • 3 ming nafar o‘zbekistonlik Koreyaga avtomobilsozlik yo‘nalishida ishga yuborilishi mumkin 07 мая, 09:23 8
  • Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi 07 мая, 08:15 64
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 75
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 82
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 29
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shin yuborish shartini aytdi 07 мая, 11:00 0
  • AQSH Putinni Rossiya prezidenti sifatida tan oladimi? 07 мая, 10:35 1
  • Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi 07 мая, 10:09 0
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 5
  • 3 ming nafar o‘zbekistonlik Koreyaga avtomobilsozlik yo‘nalishida ishga yuborilishi mumkin 07 мая, 09:23 8
  • Germaniya kansleri Rigada: Rossiyaning hisob-kitoblari o‘zini oqlamadi 07 мая, 08:57 50
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 20
  • Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi 07 мая, 08:15 64
  • Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi 07 мая, 08:10 49
  • Xitoy, Fransiya va Yevropa Ittifoqi yetakchilari Isroildan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi 07 мая, 07:25 25
  • G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi 07 мая, 06:58 48
  • HAMAS G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifni qabul qildi 07 мая, 06:30 88
  • Bo‘limlar